Notöğri yopilgan yoki saqlangan konservalarda botulizm bakteriyasi (Clostridium botulinum) paydo bölişi mumkin. Bu mikroorganizmlar havo ötmaydigan, iliq muhitda rivojlanadi va özidan kuçli zahar hisoblangan botulin toksinini ajratadi.
Uşbu toksin asab tizimiga ta’sir qiladi: boş aylanişi, köriş xiralaşişi, nutq buzilişi, nafas oliş qiyinlaşuvi kabi belgilarga olib keladi. Eng oğir holatlarda esa ölim xavfini tuğdiradi. Şu sababli sifati buzilgandek köringan har qanday konservani iste’mol qilişdan tiyiliş zarur.
Quyida uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarining iste’molga yaroqliligini aniqlaşga yordam beruvçi jihatlarga töxtalamiz:
Qopqoq holati
Banka qopqoği şişgan, qiyşaygan yoki bosilganda “klik” tovuşi çiqayotgan bölsa, bunday mahsulotni oçiş tavsiya etilmaydi. U holat, odatda, bankada gaz ajraliş jarayoni boşlanganini, ya’ni bakteriyalar faollaşganini bildiradi. Şişgan qopqoq – botulizm xavfining eng aniq belgilaridan biri.
Oddiy qilib tuşuntiradigan bölsak, banka içida gaz töplangan bölsa, demak, içkarida mikroorganizmlar “iş” boşlab yuborgan: ular mahsulotni asta-sekin parçalaydi, natijada gaz hosil böladi. Bu gaz bankaning içki bosimini oşirib, qopqoqni şişiradi.
Xavfli holat botulizm bakteriyasi rivojlanganda kuzatiladi. Mazkur bakteriya past kislotali muhitda (masalan, sabzavotli salatlar yoki göştli konservalarda) yaşaydi va zaharli toksin ajratadi. Eng yomon tomoni, bu zaharni na hid, na rang, na ta’m orqali aniqlab böladi. Ya’ni banka “oddiy” körinişda saqlanadi, ammo içida öta xavfli modda töplangan bölişi mumkin.
Bundan taşqari, töğri yopilgan banka vakuum bosimida böladi. Şuning uçun uni bosganingizda tovuş çiqmaydi. Ammo qopqoq qimirlayotgan bölsa, bosilganda pastga kirib çiqsa yoki “klik” tovuşi eşitilsa, uşbu holat vakuum buzilgani, içkarida gaz hosil bölgani hamda bakteriyalar faollaşganini anglatadi. Bunday bankani oçiş yoki tatib köriş mutlaqo mumkin emas. Hatto “biliş uçun bir qoşiq yeb köraman” deyiş ham zararli, negaki botulin toksinining atigi bir neça mikrogrammi ham inson hayotini xavf ostiga qöyadi.
Rangi va tiniqligi
Yangi tayyorlangan konservalar tiniq, çiroyli rangda böladi. Mazkur holat bankaning töğri yopilganidan darak beradi. Vaqt ötgan sayin rangda biroz özgariş kuzatilişi tabiiy: pomidor suvi biroz töqroq tus olişi yoki murabboda şakar donaçalari (kristallar) paydo bölişi xavfli emas.








