Isroil va Falastinning HAMAS harakati örtasidagi uruş fonida Örta Yer dengiziga joylaştirilgan Amerikaning USS Gerald R. Ford yadroviy aviataşuvçi kemasi mintaqadan olib çiqilmoqda. AQŞ harbiy-dengiz kuçlari 1 yanvar, duşanba kuni kema yaqin kunlarda Örta Yer dengizining şarqiy qismini tark etişi va öz bandargohiga qaytişi töğrisida xabar berdi.

«Mudofaa vazirligi butun dunyo böylab harbiy pozitsiyalarni doimiy ravişda körib çiqadi hamda Örta Yer dengizi va kengroq Yaqin Şarq mintaqasida muhim imkoniyatlarni saqlab qoladi. Idora mintaqada dengiz xavfsizligini mustahkamlaş, barça davlat va nodavlat iştirokçilarning Ğazo sektoridagi inqirozni uning çegaralaridan taşqariga köçirişga urinişi oldini oliş uçun ittifoqçilar va hamkorlar bilan işlaşda davom etadi», — deyiladi AQŞ harbiy-dengiz kuçlari bayonotida. 

7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumidan söng Vaşington mintaqadagi harbiy iştirokini oşirib, u yerga USS Gerald R. Ford aviataşuvçi kemasini va boşqa kemalarini jönatgan. USS Gerald R. Ford suv ötkazuvçanligi 100 ming tonnani taşkil qiladi. U yadro dvigateli va eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 22 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.