Voronej viloyati Novousmanskiy tumanidagi Aleksandrovka qişloğida joylaşgan Wildberries logistika markazida 11-avgust, seşanbaga ötar keçasi yonğin kelib çiqdi.

OSINT-tahlilçilar va ASTRA Telegram-kanali ma’lumotiga köra, ob’yekt hujumga uçragan bölişi mumkin. Mahalliy aholi ham hududda portlaş ovozlari eşitilganini bildirgan. Ayni paytda yonğinning kelib çiqiş sababi haqida rasmiy ma’lumot keltirilmagan.

Mazkur logistika majmuasi töliq quvvat bilan 2025-yil noyabridagina işga tuşirilgan edi.

Voronej viloyati Investitsiyalarni jalb qiliş agentligi ma’lumotlariga köra, markazning umumiy maydoni 152,9 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Uning omborlarida 90 milliondan ortiq tovar pozitsiyasini saqlaş imkoniyati mavjud bölgan.

ASTRA ma’lumotiga köra, Wildberries va Russ birlaşgan kompaniyasi - RVB mazkur ob’yekt qurilişiga qariyb 11 milliard rubl sarmoya kiritgan.

Wildberries&Russ matbuot xizmati Voronej viloyatidagi kompaniya logistika ob’yektlari xavfsizlik talablariga muvofiq evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi.

Şu bilan birga, Voronej şahrida uçuvçisiz uçiş apparatlari zarbasi xavfi tufayli ogohlantiriş e’lon qilingan. Bu haqda Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev xabar bergan.

Manbada qayd etilişiça, Wildberries logistika markazlari 18-iyuldan buyon bir neça bor Ukraina dronlari hujumlariga uçragan.

Reuters agentligi sun’iy yöldoş tasvirlari asosida ötkazgan tahlilga köra, kompaniya ombor quvvatlarining taxminan 20 foizini yöqotgan bölişi mumkin. Yonğinlar kompaniya va uning hamkorlariga töğridan töğri zarar yetkaziş bilan birga, savdo hajmiga ham salbiy ta’sir körsatgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga köra, Sankt-Peterburg, Tula, Elektrostal, Krasnodar va Nevinnomiskdagi 20 dan ortiq logistika markazi zarbalarga uçragan. Ularning kamida 14 tasi yonğindan zarar körgan.

The Bell manbalari bahosiga köra, Wildberriesʼning bevosita zarari 100–200 milliard rubldan oşişi mumkin. Şuningdek, tovarlaridan ayrilgan sotuvçilarning bir qismi platformani tark etişi ortidan kompaniya aylanmasi qariyb çorakka qisqargani aytilmoqda.