Voronej viloyati Novousmanskiy tumani Aleksandrovka qişloğida joylaşgan Wildberries logistika majmuasida 11-avgust, seşanbaga ötar keçasi yirik yonğin sodir böldi.
OSINT-tahlilçilar ma’lumotiga köra, yonğin dronlar hujumidan keyin boşlangan. ASTRA Telegram-kanali ob’yekt hujumga uçraganini yozgan, mahalliy aholi esa portlaş ovozlarini eşitganini bildirgan.
Mazkur logistika markazi 2025-yil noyabridagina töliq işga tuşirilgan. Voronej viloyati Investitsiyalarni jalb qiliş agentligi ma’lumotiga köra, majmua maydoni 152,9 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Uning omborlarida 90 milliondan ortiq tovar pozitsiyasini saqlaş imkoniyati bölgan.
ASTRA ma’lumotiga köra, Wildberries va Russ birlaşgan kompaniyasi - RVB mazkur logistika markazi qurilişiga qariyb 11 milliard rubl sarmoya kiritgan.
Wildberries&Russ matbuot xizmati Voronej viloyatidagi kompaniya logistika ob’yektlarida odamlar xavfsizlik talablariga muvofiq evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi.
Hujum vaqtida Voronej şahrida dronning bevosita zarba beriş xavfi munosabati bilan ogohlantiriş e’lon qilingan.
Bir kişi halok böldi
Keyinroq Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev dronlar hujumi oqibatida bir kişi halok bölganini ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Novousmanskiy tumanida dron parçalari qulab tuşişi oqibatida köçada bölgan 49 yoşli erkak oğir jarohatlangan. U şifoxonaga yetkazilgan, ammo keyinçalik vafot etgan.
Yana ikki kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri hujum vaqtida köçada, ikkinçisi esa yirik logistika markazi hududida bölgan.
Gusev «yirik kompaniyaning ikki ombori»da yonğin çiqqanini ham tasdiqlagan. Uning ma’lum qilişiça, birinçi ob’yektda yonğin 16 ming kvadrat metr maydonda lokallaştirilgan. Ikkinçi omborda esa 20 ming kvadrat metr maydonda yonğinni öçiriş işlari davom etgan.
Wildberries omborlariga avval ham zarbalar berilgan
Manbada qayd etilişiça, Wildberries logistika markazlari 18-iyuldan buyon Ukraina dronlari hujumlariga muntazam ravişda uçrab kelmoqda.












