Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi tomonidan respublikada içimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uçun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi. Bu haqda «Özsuvta’minot» matbuot xizmati xabar qildi.

Unga köra 2024 yilning 15 yanvaridan Qoraqalpoğiston Respublikasida içimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlar böyiça quyidagi belgilangan yangi tariflar amalda qöllaniladi:

Içimlik suvi:

  • aholi uçun -1 m3 — 2900 söm (avvalgi narx 1850 söm);
  • budjet taşkilotlari uçun — 1 m3 — 5700 söm (QQSsiz) (avvalgi narx 3695 söm);
  • ulgurji iste’molçilar uçun — 1 m3 — 5700 söm (QQSsiz) (avvalgi narx 3695 söm);

Oqova suv xizmati uçun:

  • aholi uçun — 1 m3 — 1400 söm (avvalgi narx 1100 söm);
  • budjet taşkilotlari uçun — 1 m3 — 2800 söm (QQSsiz) (avvalgi narx 3136 söm);
  • ulgurji iste’molçilar uçun — 1 m3 — 2800 söm (QQSsiz) (avvalgi narx 3136 söm).

Qayd etilişiça, ötgan uç yilda Qoraqalpoğistonda markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlaniş darajasi 61,5 foizdan 70,5 foizga, kanalizatsiya qamrovi 5,4 foizdan 5,6 foizga yetkazilgan.

Şuningdek, kelgusi beş yilda respublikada markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlaniş darajasi 70,5 foizdan 89,7 foizga, kanalizatsiya qamrovi esa 5,6 foizdan 24,6 foizga yetkazilişi rejalaştirilgan.

«Buning uçun barça manbalar hisobidan 5,9 trillion söm evaziga, 3,192 kilometr içimlik suvi va 438,6 kilometr kanalizatsiya tarmoği, şuningdek, 179 ta suv inşooti quriş va rekonstruksiya etilişi belgilangan», — deyiladi xabarda.