Bugun Özbekiston iqtisodiy hayotida faol muhokama qilinayotgan mavzular juda köp. Lekin bu muhokamalarning mingdan biri ham oçiq mediamakonda röy bermayapti.
Oçiq muhokamalar va mustaqil ekspertlarning çiqişlari köp bölişi – bir tomondan, aholining iqtisodiy bilimlarini oşiradi, boşqa tomondan, qaror qabul qiluvçilarga muqobil fikrlarni yetkazib, ularning soğlom ijtimoiy bosim ostida bölişiga yordam beradi.
Hatto ziyoli qatlam va mansabdorlar orasida ham fundamental iqtisodiy qonuniyatlarga zid tuşunçalar köp uçraşi – mediamakonda sifatli iqtisodiy kontentni köpaytiriş zaruratidan darak beradi.
Şunga köra, Kun.uz videokörsatuvlar tayyorlaş orqali Özbekiston iqtisodiy siyosatini şarhlab boradigan mustaqil iqtisodçi yoki iqtisodiy jurnalistni işga taklif qiladi.
Bu lavozimga qabul qilinadigan mutaxassisdan moliya, iqtisodiyot, bank, soliq va boşqa sohalarga oid videoxabar, körsatuv va intervyular tayyorlaş talab etiladi.
Eng muhimi, iqtisodçi yoki jurnalist mavzuni özi yaxşi tuşungan holda, uni tomoşabinga sodda tilda yetkaza olişi kerak.
Kun.uz raqobatbardoş oylik maoşni taklif etadi, uning miqdori özaro kelişuv asosida belgilanadi. Mutaxassis Toşkent şahrida doimiy yaşaşi maqsadga muvofiq.
Nomzodlardan özi haqida erkin tarzda yozilgan ma’lumotlarni Telegram'dagi @kunuzkadr manziliga yuboriş söraladi. Kadrlar bölimi tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali boğlanadi.












