
Mukofotlanganlar – Özbekistonda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlarni çuqurlaştiriş, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaş, söz va matbuot erkinligi, oçiqlik tamoyilini mustahkamlaşga qöşayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qiliş, Yangi Özbekistonda erişilayotgan ulkan yutuqlarni keng tarğib etişdagi katta xizmatlari, yuqori malakali, zamonaviy jurnalist kadrlarni tayyorlaş, yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun e’tirof etildi.
Aziz Qarşiyev – tajribali jurnalist, Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Kun.uz'da 2014 yildan buyon muharrir sifatida samarali faoliyat yuritib keladi. Bu yillar davomida saytimiz auditoriyasi juda köplab mahalliy va xorijiy voqea-hodisalarga oid xabar va şarhlarni Aziz Qarşiyev muallifligida va tahririda öqib kelişmoqda.

Kamoliddin Rabbimov – taniqli siyosatşunos, mutafakkir. Uzoq yillardan buyon Özbekiston va dunyodagi siyosiy jarayonlarga ekspertlik munosabatini bildirib keladi. Mutaxassis 2023 yil fevralidan buyon Kun.uz bilan yaqin hamkorlikda işlab kelmoqda va saytimizda öz mualliflik kolonkasiga ega.
Prezident farmoni asosida taqdirlanganlar röyxati:
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan
- Doniyorov Salim Musurmonoviç – «Yangi Özbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati boş muharriri
«Mehnat şuhrati» ordeni bilan
- Mirzaaliyev Ikboljon Mirzakarimoviç – «Jadid» gazetasi boş muharriri











