MDH mamlakatlarida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining qamrovini monitoring qilib boruvçi Brand Analytics Özbekistondagi elektron axborot makonini tahlil qildi.
Tahlilçilarga köra, axborot makonini şakllantiruvçi eng muhim böğin – ommaviy axborot vositalari sanaladi. Kun.uz esa ijtimoiy tarmoqlarda eng köp iqtibos keltiriladigan OAVlar orasida yaqqol yetakçiligi bilan ajralib turadi.
2024 yil oktyabr oyida ommabop ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar foydalanuvçilari Kun.uz materiallariga 54 334 marta oçiq havola berişgan. Bu – iqtibos indeksi eng baland naşrlar qatorida keyingi örindagi ÖzAdan (15 628 ta iqtibos) 3,5 barobarga yuqori.
Hisobot davrida internet foydalanuvçilari Daryo.uz'ga 13 182 marta, Gazeta.uz'ga 9462 marta havola berişgan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil dekabr oyida Kun.uz'ning YouTube'dagi rasmiy sahifasi obunaçilari soni 3 milliondan oşgandi. 2025 yilning ilk kunlarida esa Kun.uz'ning Instagram sahifasida obunaçilar soni 6 milliondan oşdi.








