Dekabr oxiri va yanvar oyi boşida Rossiyaning Ukrainaga uyuştirgan yirik havo hujumlari ortidan NATO davlatlari va Kiyev Ukraina havo hujumidan mudofaa böyiça yangi munozaralarni belgiladi. Bu haqda NATO matbuot xizmatining 4 yanvar, payşanba kuni X ijtimoiy tarmoğidagi mikroblogida e’lon qilingan xabarida aytiladi. «NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg NATO-Ukraina kengaşining elçilar darajasida yiğilişini ötkazadi. U 10 yanvar, çorşanba kuni Ukraina iltimosiga köra bölib ötadi», — deb yozadi NATO matbuot kotibi Dilan Uayt.
AFP agentligi iqtibos keltirgan Uaytga köra, Ukrainaning öq-dorilarni yetkazib berişni tezlaştiriş talablari diplomatlar navbatdan taşqari yiğilişi kun tartibiga kiritilişi mumkin. Alyans allaqaçon «Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarining köp sonini yetkazib bergan» va «Ukraina mudofaasini yanada kuçaytiriş niyatida».
2024 yil arafasida va yil boşlanganidan keyin Rossiya uruş boşlangandan beri Kiyev, Xarkiv va Ukrainaning boşqa şaharlariga barça turdagi raketalar va hujumkor dronlardan foydalangan holda hujumlarning eng yirik tölqinlaridan birini amalga oşirdi. 40 dan ortiq kişi halok böldi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, 29 dekabrdan beri Rossiya qöşinlari Ukraina hududiga 300 ga yaqin raketa va 200 dan ortiq uçuvçisiz uçoq bilan hujum qilgan.
NATO Ukraina havo mudofaasi uçun öq-dorilar sotib olişni qöllab-quvvatlaydi
NATOni qöllab-quvvatlaş va xarid qiliş agentligi (NSPA) alyans a’zolari - Germaniya, Niderlandiya, Ruminiya va Ispaniyani 1000 tagaça Patriot (GEM-T) yaxşiroq nişonga oliş moslamasiga ega zenit raketalarini xarid qiliş böyiça şartnoma bilan qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda NATO matbuot xizmatining 3 yanvar, çorşanba kuni tarqatilgan bayonotida aytiladi. Alyans bayonotida, şuningdek, Yevropada GEM-T raketalarini işlab çiqariş kengaytirilişi qayd etilgan.
Patriot havo mudofaasi tizimi uçun raketalarni sotib oliş ittifoqçilarga «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi paytida havo mudofaasini kuçaytiriş» uçun zarur, deb ta’kidlanadi X ijtimoiy tarmoğidagi NATO mikroblogida. Xuddi şu postda alyans boş kotibi Yyens Stoltenbergning sözlari keltirilgan: «Öq-dorilar işlab çiqarişni köpaytiriş - Ukraina va öz xavfsizligimiz uçun asosiy omil».












