AQŞ prezidenti Jo Bayden fuqarolarni özlari uçun eng muhim savolga javob berişga çaqirdi: Amerika uçun demokratiya muqaddas narsa bölib qoladimi? Uning sözlariga köra, 2024 yilgi saylovlarda amerikaliklar bu savolga qanday javob berişni tanlaşi kerak böladi. 5 yanvar, juma kuni Bayden Pensilvaniyadagi saylovçilar bilan suhbatda: Amerikani faqat demokratlarning ğalabasi qutqaradi, dedi.
«Men şunga kafolat bera olamanki, Amerika demokratiyasini himoya qiliş, asraş va saqlab qoliş har doimgidek prezidentligimning asosiy maqsadi bölib qoladi», dedi Bayden. «Saylov yiliga kirar ekanmiz, saylov byulletenlarimizda demokratiya va erkinlik borligini bilişimiz kerak», - deya qöşimça qildi u.
Trampning qaytişi mamlakat uçun jiddiy tahdid böladi
Bayden sobiq prezident Donald Trampning Oq uyga qaytiş harakatlari mamlakat uçun jiddiy xavf tuğdirişi haqida ogohlantirdi. U Trampni demokratiyadan çekinganlikda ayblab, bir neça bor uni isyonçilar tarafdori va «saylovlarni inkor etuvçi» deb atadi. Prezident Tramp hokimiyatga qaytiş uçun mamlakatdagi demokratik tuzumni qurbon qilişga tayyorligini bildirdi.
Baydenning saylovoldi nutqi 2021 yil 6 yanvar voqealarining 3 yilligiga töğri keldi, öşanda Tramp tarafdorlari tödasi AQŞ Kongressi Baydenning saylovdagi ğalabasini tasdiqlaşiga xalaqit beriş maqsadida Kapitoliyga bostirib kirgandi.
AQŞda saylovlar 2024 yilning noyabrida bölib ötadi
AQŞda navbatdagi, 60-prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. 2022 yil 15 noyabr kuni AQŞning 45-prezidenti Donald Tramp öz saylovoldi kampaniyasi boşlanganini e’lon qildi. 2023 yil 25 aprelda amaldagi prezident Jo Bayden ham öz nomzodini ilgari surişini bildirdi.












