Futbol böyiça jahon çempionati «K» guruhi 1-turi doirasidagi Özbekiston va Kolumbiya milliy terma örtasidagi uçraşuvni boşqarib boradigan hakamlar brigadasi nomi ma’lum böldi.

Öyinni angliyalik taniqli hakam Entoni Teylor boşçiligidagi hakamlar jamoasi boşqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nann yordam berişadi.

Uçraşuvda törtinçi hakam vazifasini kosta-rikalik Xuan Kalderon bajaradi. Zaxira yordamçi hakami sifatida esa uning hamyurti Xuan Karlos Mora qayd etilgan.

Özbekiston milliy jamoasining jahon çempionatlari tarixidagi debyut uçraşuvi hisoblangan Özbekiston — Kolumbiya bahsi 18 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 07:00 da boşlanadi.