Futbol böyiça AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötayotgan jahon çempionatining 2-turidan örin olgan Portugaliya va Özbekiston milliy jamoalari örtasidagi uçraşuv rasmiylari ma’lum böldi.
Mazkur bellaşuvni marokaşlik FIFA hakami Jalol Jayed boşqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Zakariya Brinsi va Mustafo Akarkad yordam beradi.
Janubiy Afrika Respublikasi vakillari Abongayl Tom hamda Zaxele Sivela uçraşuvning törtinçi va beşinçi rasmiy hakamlari sifatida faoliyat olib boradi.
Özbekiston milliy jamoasining Portugaliyaga qarşi bahsi 23 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da boşlanadi.
Musobaqaning 1-turida Özbekiston milliy jamoasi Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşib, 1:3 hisobida mağlub bölgandi.









