Belgorod dekabr oyi oxiridan buyon öqqa tutilmoqda. Oblast gubernatori Vyaçeslav Gladkovning ma’lum qilişiça, 2 yanvar kuni «Olxa» baravar öt oçiş reaktiv tizimi zarbalari oqibatida bir kişi halok bölib, yana 11 kişi jarohatlangan. 4 yanvar kungi hujumda esa yana ikki kişi yaralangan. Keyingi kuni ham şaharda raketa zarbalari xavfi e’lon qilindi. 6-7 yanvar kunlari Belgorod rayoni zarbalar ostida qoldi. Şahar meri Valentin Demidov 4 yanvar kuni sönggi kunlardagi hujumlar oqibatida jami 573 kvartira va 64 ta xususiy uy şikastlangani haqida ma’lum qilgan; 6 yanvar holatiga köra, 519 avtomobil şikastlangan. Hukumat 22 yanvarga qadar barça uylarning taşqi qismini ta’mirlaşga, 2 fevralga qadar esa binolarning içki qismlaridagi tiklaş işlari ham yakunlanişiga va’da qilgan.

Belgorodda bir neça kun mobaynida yirik savdo markazlari işlamadi. Avvaliga «RIO», «Siti moll Belgorodskiy» va «Mega grinn» savdo markazlari 3-4 yanvar kunlari yopiq bölişi e’lon qilingandi, keyin bu muhlat yana bir kunga uzaytirildi va savdo markazlari faoliyati 6 yanvardan tiklandi. Şuningdek, şaharda 7 yanvarga ötar keçasi bölib ötişi kerak bölgan rojdestvo bayrami tadbirlari bekor qilingan. 6 yanvardan şahardagi bir qança maydonlarda tez tibbiy yordam körsatiş kurslari taşkillaştirildi.

Rasmiylar barça istovçilarga şahardan evakuatsiya bölişni taklif qilgan. Vyaçeslav Gladkov 5 yanvar kuni ketişni istaganlar mer yoki gubernatorning qabulxonasiga yoki 112 telefon raqamiga qönğiroq qilişi lozimligii va amaldorlar ularga regiondagi qöşni şaharlarga borişda yordam körsatişini, bu joylarda «issiq nomerlarda yetarliça komfort şaroitlar»da yaşaş mumkinligini aytgan. U agar istovçilar haddan taşqari köpçilikni taşkil etsa, rasmiylar odamlarni boşqa regionlarga ham joylaştiriş böyiça kelişuvga erişişiga va’da qilgan. 8 yanvar tongida Gladkov evakuatsiya haqidagi taklifdan 300 ga yaqin kişi foydalanganini ma’lum qildi — ular Stariy Oskol, Gubkin va Koroçansk rayonlaridagi vaqtinça joylaştiriş markazlariga yuborilgan.

Şahardagi maktablarda yangi yil ta’tillari 19 yanvarga qadar uzaytirilgan. Bolalar boğçalari ham şu muddatga qadar navbatçi guruhlar rejimida, qöşimça ta’lim muassasalari esa — masofaviy rejimda faoliyat körsatadi. Şuningdek, mutasaddilarning tegişli tavsiyalaridan keyin şahardagi asosiy oliy ta’lim muassasalari va texnikumlarida sessiyalar masofaviy formatga ötkazilgan. Ta’tillar yana uzaytirilişi mumkin — Gladkov «operativ vaziyatdan kelib çiqib» 16 yanvar kuni şunday qaror qabul qilinişi mumkinligini bildirgan. Şuningdek, hukumat ta’til uzaytirilgani tufayli uyda qolgan va ota-onalari işga çiqadigan bolalarni boşqa regionlardagi dam oliş oromgohlariga yuboriş taklifini bergan. 8 yanvar kuni Gladkov kun davomida bu böyiça 1300 ta zayavka kelib tuşganini ma’lum qildi. Bolalar Voronej, Tambov, Kaluga va Yaroslavl oblastlaridagi lagerlarga jönatiladi.

30 dekabr kuni Belgorod Rossiyaning Ukraina bilan uruşi davridagi eng kuçli zarbani boşdan keçirgandi. Öşa kungi hujum oqibatida şahar aholisidan 25 kişi halok bölib, 100 dan ortiq kişi turli darajada tan jarohatlari olgan, ahvoli oğir bölgan jabrlanuvçilar federal klinikalarga olib ketilgan. Ukrainadagi manbalar buni 29 dekabr kuni ukrain şaharlari yoppasiga öqqa tutilganiga javob bölganini bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 yanvar kuni Belgorod öqqa tutilişini «şubhasiz, terrorçilik akti» deb atadi va Ukraina böylab zarbalar köpaytirilişini va’da qildi.