Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiya elçisi Oreliya Buşez bilan uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, suhbat çoğida Özbekiston-Fransiya kun tartibining dolzarb masalalari, şuningdek, tomonlarni qiziqtirgan barça sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi.

2023 yil noyabr oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Özbekistonga rasmiy taşrifi doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirilişi atrofliça körib çiqildi.

Tomonlar 2024 yilga rejalaştirilgan Özbekiston-Fransiya muloqotlari jadvali, jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning 15-davrasini ötkaziş yuzasidan fikr almaşdi.