Britaniyalik olimlar foydalanuvçilarni şaxsiy ma’lumotlarni çat-botlar bilan almaşmaslikka çaqirdi. Bu haqda Standart naşri xabar berdi.

Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) kompyuter fanlari professori Maykl Vuldrijning sözlariga köra, CHatGPT kabi çat-botlar "juda aniq" bölib, foydalanuvçi söragan sörovlarni bajaradi. Bunda bot kelajakda boşqa foydalanuvçilarning sörovlariga javob berişda iste’molçilarning şaxsiy ma’lumotlaridan foydalanişi mumkin.

Şuning uçun Vuldrij çat-botlarning xavfliligi haqida ogohlantirdi. Unga köra, xizmat tomonidan töplangan barça ma’lumotlar saqlanadi va çat-botning keyingi avlodiga ötkaziladi. Uning sözlariga köra, tizimga tasodifan yuklangan maxfiy ma’lumotlarni öçirib bölmaydi.

Ai-DA loyihasi direktori Eydan Meller sun’iy intellektning kuçidan ehtiyot böliş kerakligini aytdi: "Bu biz bilgan jamiyatni özgartiradi va menimça, biz haqiqatan ham yölning boşida turibmiz." Meller 2024 yilni sun’iy intellekt uçun juda muhim yil deb atadi, çunki CHatGPT ning yangi versiyasi yaqin oylarda çiqariladi, u şunçaki matnda emas, balki köproq ma’lumotlarni yaratişga qodir.

Dekabr oyi örtalarida Bet Isroil tibbiyot markazi olimlari çat-botlardan kasalliklarni taşxislaşda yordamçi sifatida foydalaniş mumkinligini xabar qilişdi. Xususan, sun’iy intellektni klinik iş oqimlariga integratsiyalaş mumkin degan xulosaga kelişgan edi.