Raqobat qömitasi fuqarolarni «Taşabbusli budjet» loyihasi doirasida noqonuniy reklamalarga işonmaslikka çaqirdi.

Qayd etilişiça, sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali «Taşabbusli budjet» jarayonlarida ovoz beriş evaziga pul mukofotlari taklif etilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Bu esa aholi orasida turli talqinlar va bahs-munozaralarga sabab bölib, jarayonning şaffofligiga putur yetkazişi mumkin.

Qömita tomonidan ötkazilgan örganişlarda ayrim taniqli blogerlar tomonidan uçinçi şaxslar manfaati yölida norasmiy «bot»lar orqali ma’lum tölov evaziga ovoz beriş mumkinligi haqida reklama tarqatilgani aniqlangan. Bunda «rasmiy» sözlardan va «Oçiq budjet» portali logotiplariga öxşaş belgilardan foydalanilgani fuqarolarni çalğitişi ehtimolini kuçaytiradi.

Şu sababli fuqarolarga quyidagilar eslatib ötilgan:

«Taşabbusli budjet» jarayonlarida ovoz beriş faqatgina «Oçiq budjet» axborot portali, uning Android va iOS tizimlaridagi mobil ilovalari hamda Telegramdagi rasmiy bot orqali amalga oşiriladi;

Amaldagi tartibga köra, berilgan ovozlar uçun heç qanday tölov undirilmaydi va ovoz bergan fuqarolarga heç qanday moddiy rağbatlantiriş közda tutilmagan;

Norasmiy «bot»lardan foydalaniş yoki ular orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarga işoniş jarayonning töğri taşkil etilişiga salbiy ta’sir körsatişi va huquqiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Fuqarolardan uşbu jarayonda faqat rasmiy manbalarga işoniş, har qanday norasmiy takliflarga aldanmaslik va bu kabi holatlarga duç kelganda tegişli idoralarga xabar berişlarini söralyapti.