Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Foriş tumanida kuçli şamol hokimiyat binosining tomini uçirib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, hodisa bugun, 10 yanvar kuni soat 10:20 larda sodir bölgan.
Şamol tezligi sekundiga 24 metrgaça kuçayib, aylanma şamol yuz bergan va Foriş tuman hokimligi binosining katta majlislar zali tom qismini qöporib, pastga uloqtirgan.

Oqibatda şamol uçirgan tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida bölgan 6 ta maşina ustiga tuşgan va ularga zarar yetkazgan.
Hodisada heç kim tan jarohati olmagan. Hozirda tabiiy ofat tufayli körilgan talafotni bartaraf etiş çoralari körilmoqda.


















