Özbekistonda yangi şamol energetikasi loyihalarini Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi «Interfaks-Ukraina» maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Xabarda keltirilişiça, 2030-yilga qadar şamol elektr stansiyalarining quvvatini 12 ming MVtga, quyoş elektr stansiyalarining örnatilgan quvvatini esa kamida 7 ming MVtga yetkaziş közda tutilgan.
Barça hududlarda elektr energiyasini saqlaş tizimlarini yaratiş ham rejalaştirilmoqda. Ularning parametrlari va işlaş rejimlari hududlardagi energiya isteʼmoli xususiyatlari hamda yirik sanoat korxonalarining ehtiyojlariga moslaştiriladi.
Energetika vazirligiga investorlar bilan muzokaralarni jadallaştiriş va belgilangan muddatlardan ortda qolayotgan loyihalar böyiça zarur çoralarni köriş topşirilgan. Investorlar şaffof tanlov jarayonlari asosida saralanadi.
Vazirlik maʼlumotlariga köra, 2025-yilda Özbekistondagi elektr stansiyalarining jami örnatilgan quvvati 24,7 ming MVtni taşkil etgan. Şundan quyoş va şamol elektr stansiyalari quvvati 6,3 ming MVtdan oşgan, gidroelektr stansiyalar quvvati esa qariyb 2,5 ming MVt bölgan.












