Jizzaxda ikki kişi ölgan YTH sababçisi oçiqda qoldirildi. Kun.uz holatga oid iş materiallari bilan tanişdi.
Osmonsoydagi YTH
Ayançli YTH 2026 yil 13 mart kuni keçga yaqin Foriş tumanining Osmonsoy mahallasi hududida sodir bölgan.
Alişer Yaxşibekov Cobalt maşinasini yölning qarama-qarşi yönalişida boşqarib, öz yönalişida kelayotgan ikkinçi Cobalt bilan töqnaşgan. Oqibatda ikkinçi maşinada yölovçi sifatida ketayotgan 61 yoşli erkak hamda 39 yoşli ayol halok bölgan. Şuningdek, uşbu maşina haydovçisi va yana bir yölovçi (ayol kişi) oğir tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.
“Tezligi kamida 140 km/soat edi”
Kun.uz tanişgan tergov materiallarida Alişer Yaxşibekovning körsatmasi keltirilgan. U uşbu YTH qanday sodir bölganini eslolmasligini aytgan.
“Maşinam nimagadir urilganini, taqillagan ovoz eşitilganini bilaman, undan söng nima bölganini bilmayman. Özimga kelganimda Foriş tuman şifoxonasida ekanman. Uşbu YTH qanday sodir bölganini eslolmayman”, degan u.
Jabrlangan maşina haydovçisi esa Alişer Yaxşibekov boşqaruvidagi Cobalt quvib ötiş qoidasini buzgan holda uning yöliga çiqqanini bildirgan.
“YTH mening yönalişimda sodir böldi. Cobalt kamida 140 km/soat tezlikda harakatlanib kelib, taxminan 40-50 metr qolganda yönalişimga çiqib ketdi. Maşinamni keskin tormozladim. Cobalt kelib urildi va maşinam qarama-qarşi tomondagi çuqurlikka tuşib, ağdarildi”, degan jabrlanuvçi haydovçi.
“Nohaqlik bölyapti”
Uşbu YTHda oğir tan jarohati olib, töşakka mixlanib qolgan Madina Inamovaning ukasi Kun.uz bilan boğlanib, holat böyiça nohaqlik bölayotganini ma’lum qildi.
“Hokimning jiyanini qamoqqa olmadi, nohaqlik bölyapti. 4 oydan beri kelib xabar olmaydi yoki nima böldi demaydi. Opam qariyb nogiron bölib qoldi. Öqituvçi edi. 3 nafar bolasi bor












