Latviya Rossiyadan himoya qiliş uçun Ukrainaga harbiy yordam körsatişda davom etadi, dedi Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçs 11 yanvar, payşanba kuni Rigada Ukraina davlat rahbari Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng jurnalistlarga.
Rinkeviçsning sözlariga köra, yangi yordam paketi gaubitsalar, 155 millimetrli artilleriya öq-dorilari, tankka qarşi va havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketa uçirgiçlar, yerusti transport vositalari, qöl granatalari, vertolyotlar va boşqa jihozlarni öz içiga oladi. Bundan taşqari, Latviya 2024 yil davomida 3 mingga yaqin ukrainalik harbiy xizmatçilarni tayyorlaşni rejalaştirmoqda, şuningdek, Ukraina bilan dronlarni işlab çiqarişda hamkorlik qiladi. «Hukumat, mamlakatimiz va xalqimiz Ukrainaga barça zarur yordamni körsatişda davom etadi», — dedi Rinkeviçs.
Latviya Ukrainaga YaIMning bir foizi miqdorida yordam berdi
Uning ta’kidlaşiça, 2022 yil fevralidan beri Latviya Ukrainaga 600 million yevro miqdorida yordam körsatgan, bu Boltiqböyi respublikasi yalpi içki mahsulotining bir foiziga teng.
Zelenskiy Latviyaga «doimiy yordami» va yangi harbiy yordam paketi uçun minnatdorçilik bildirdi. «Bu yil Ukraina barça hamkorlari bilan Yevropa uçun yangi arsenal – Rossiyaning Yevropaga nisbatan tajovuzkorligining oldini olişni ta’minlaydigan darajadagi sanoat kooperatsiyasini yaratiş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşiradi», dedi Ukraina prezidenti. Zelenskiyning Boltiqböyi mamlakatlari böylab uç kunlik turnesining sönggi bekati Latviya böldi. Bungaça u Litva va Estoniyaga ham taşrif buyurgan.












