Ukrainada uruşning 689-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunakning Kiyevga taşrifi vaqtida Britaniya hukumati Ukrainaga 2,5 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam ajratişi e’lon qilindi.
- Ukraina va Buyuk Britaniya xavfsizlik töğrisidagi kelişuvni imzoladi. Hujjat Ukrainaga takroriy hujum röy bergan taqdirda Buyuk Britaniya Kiyevga mudofaa sohasida «tezkor va töxtovsiz» yordam körsatişini nazarda tutadi.
- Rossiyalik harbiylar Ukraina böylab yopirilma zarbalar yölladi. Ukraina qurolli kuçlariga köra, jami 40 ta raketa uçirilgan, şundan sakkiztasi urib tuşirilgan, yana 20 tasi nişonga yetib bora olmagan. RF mudofaa vazirligi esa «barça belgilangan obektlarga aniq zarba berilgani»ni bildirgan.
- Krasnodar ölkasidagi dalada raketaga öxşaş obekt topildi. Mahalliy rasmiylar bu «noma’lum qurilma parçasi» ekanini ma’lum qilgan.
- Ukraina QK Belgorod oblastidagi qişloqlardan biriga kamikadze dronlar bilan hujum uyuştirdi. Bir kişi jarohatlangan.
- «RBK-Ukraina» naşri yozişiça, Ukrainadagi safarbarlik töğrisidagi qonun loyihasining yangi versiyasiga köra, deputatlar harbiy majburiyatdan himoyalangan bölmaydi.
- «Mediazona» va BBC Ukrainadagi uruşda halok bölgan 41 mingdan ortiq rossiyalik harbiylar şaxsini tasdiqladi. Şundan 1 100 dan ortiği 20 yoşga tölmagan harbiylar bölgan.
- FT xabariga köra, Yevrokomissiya Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yordam ajratilişi uçun Vengriyaga yon beradi.
- Fransiya TIVning yangi rahbari lavozimga tayinlanganidan bir neça kun ötib Kiyevga keldi.
Kun kadri. Şostka şahri öqqa tutilişi
13 yanvarga ötar keçasi va tongda Rossiya qöşini Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK havo kuçlari qömondonligi RF armiyasi 40 ta «havo hujumi vositalari»: qanotli, aeroballistik, ballistik, aviatsion, zenit raketalar hamda dronlardan foydalangan. Mahalliy rasmiylar Rivne, Poltava, Çernihiv, Kirovograd, Xmelnitskaya, Dnipropetrovsk va Sumi oblastlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşgani haqida xabar bergan. Sumi oblastida Şostka şahri zarbaga uçrab, bir ayol jarohatlangan. Şostkada 12 ming kvartira issiqliksiz qolgan, ayrim joylarda portlaş tufayli derazalar tökilgan.

Oleh Tymoshenko / Reuters / Scanpix / LETA
Belgoroddagi avtobus bekatlarida himoya vositalari örnatilişi
Belgorod rasmiylari şahardagi ayrim avtobus bekatlarini qum töldirilgan qoplar va beton bloklar bilan öraşmoqda. Ular bu orqali aholini ukrainlarning zarbalaridan himoya qilişni közlagan: mahalliy «Moyo! Belgorod» naşri yozişiça, yangi yil kunidagi zarbalar oqibatida tinç aholi vakillaridan köpçilik «pavilyonlarning şişa devorlari parçalari uçib kelişi oqibatida yaralangan».
12 yanvar tongiga kelib 14 ta bekat örab çiqilgan: töqqiztasi qum töldirilgan qoplar bilan, qolganlari — beton bloklar bilan himoyalangan. «Moyo! Belgorod»ning yozişiça, keyingi çora mahalliy aholi vakillarini norozi qilmoqda: ular beton bloklar portlaş tölqinidan qulab, odamlarni bosib qolişi mumkinligidan xavotir olmoqda.
Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkovning xabar qilişiça, region markazi meri Valentin Demidov odamlar köp töplanadigan va qum töldirilgan qoplar yoki beton bloklar bilan örab çiqişning imkoni yöq bölgan joylarda «mudofaa vazirligi uçun tayyorlanadigan modul konstruksiyalar»dan foydalanişni taklif etgan. Bu qanday modul konstruksiyalar ekani noma’lum.



Kreminna yaqinidagi örmonda «Azov» polki jangçilari

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images


Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images



Okkupatsiya ostidagi Makiyivka öqqa tutilişi oqibatlari
Yanvar oyida «DXR» rahbari Denis Puşilin Rossiya okkupatsiyasi ostidagi Makiyivka şahri Ukraina qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutilgani haqida uç marta xabar bergan. Quyidagi fotosuratda oxirgi zarbalar vaqtida jabrlangan ikki qavatli uylardan birida joylaşgan kvartirasini közdan keçirayotgan mahalliy aholi vakili aks etgan.

Donetsk oblastidagi evakuatsiya
Donetsk oblastining front çiziğiga yaqin joylaşgan — Kramatorsk, Toretsk Pokrovsk rayonlari va RF nazoratiga ötgan Baxmut şahri atrofidagi aholi yaşaş manzillaridan mamlakatning nisbatan xavfsiz hududlariga evakuatsiya jarayoni davom etmoqda. Aholiga ukrainlarning «Vostok SOS» jamoat taşkiloti xodimlari yordam körsatmoqda. Uşbu fond 2014 yil mayida taşkil topgan, u Rossiya-Ukraina uruşi tufayli jabrlanganlarga va uyini taşlab çiqişga majbur bölganlarga yordam körsatiş bilan şuğullanadi.

Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Donetsk oblasti şimolidagi ukrain artilleriyaçilari hayoti

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press


Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press












