Bu yil demokratlar grafikni biroz özgartirişgan, ammo respublikaçilar yarim asrlik an’analarga sodiq qolişgan, unga köra nomzodlarning ilk saylovi 15 yanvar kuni aynan Ayovada ötkaziladi.
Ayovada kokus (nomzodlarni tanlaş jarayoni)respublikaçilar va demokratlar uçun turliça ötkaziladi. 2020 yilda demokratlar protsedurani özgartirişgan: nomzod poçta orqali tanlanadi va keyin natijalar e’lon qilinadi.
Respublikaçilar esa oldindan bölib kelgani kabi duşanba kuni keçqurun har bir uçastkada yiğilişlar ötkazadi (odatda maktab, jamoat markazi yoki şunga öxşaş boşqa joylar). Ovoz beriş huquqiga ega saylovçilar avvaliga nomzodlarni muhokama qiladi, keyin esa öz favoritining familiyasini qoğozga yozib, uni yiğiliş raisiga uzatadi. Rais esa ovozlarni hisoblaydi va natijalarni partiyaning ştatdagi ofisiga yuboradi, u yerda bir neça soat içida ovozlar hisoblab çiqilib, natijalar e’lon qilinadi.
Partiyaning prezidentlikka nomzodi tanlanadigan Respublikaçilar milliy qurultoyiga Ayova ştatidan 40 nafar delegat boradi.
Tramp yetakçilik qilmoqda
Dam oliş kunlarida Ayovadagi bar va restoranlardagi televizorlarning ekranlarida deyarli uzluksiz siyosiy bayonotlar berilişi boşlandi, hovlilarda va derazalarda taşviqot plakatlari paydo böldi.
Saylovçi respublikaçilarni birinçi navbatda çegara xavfsizligi va iqtisodiyot masalalari taşvişlantirmoqda. Nomzodlik uçun poygada sobiq prezident Donald Tramp yetakçilik qilmoqda. Ikkinçi örin uçun jiddiy raqobat mavjud: sörovlarga köra, BMTdagi sobiq elçi Nikki Heyli va Florida gubernatori Ron DeSantis qariyb teng ketmoqda, lekin sönggi sörovnoma Heyli DeSantisni biroz ortda qoldira boşlaganini körsatgan — 16 foizga qarşi 20.
Des Moines Register/NBC News/MediaCom ötkazgan sörovga köra, kokusda iştirok etişni niyat qilganlardan 48 foizi Tramp uçun ovoz berişga tayyor, 20 foizi Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori va AQŞning BMTdagi sobiq elçisi Nikki Heylini, 16 foizi — Florida gubernatori Ron DeSantisni qöllamoqçi, qolgan nomzodlarning reytingi 10 foizdan oşmaydi.
DMR/NBC dekabr oyida ötkazgan sörovga köra, Tramp 51 foiz ovoz olgandi, oktyabr oyida esa — 43 foiz, bu vaqtda uning asosiy raqiblari 20 foiz ham töplamagandi.
«Men Tramp ustun kelişiga deyarli aminman, çunki men bilan gaplaşganlarning aksari unga ovoz bermoqçi», — deydi Ayovada hafta davomida ikkinçi bor yoqqan qorni kuraş asnosida Jo Van Ginkel.
Van Ginkel — Respublikaçilar partiyasining okrugdagi vakili bölib, partiyaning boşqa köplab mahalliy arboblari qatorida Trampni qöllab-quvvatlaydi.
«Öylaymanki, odamlar uni qöllaşining köplab sabablari bor. U prezident bölganida yaxşi işladi», — deydi Van Ginkel.
Uning rafiqasi esa Nikki Heyliga ovoz bermoqçi, çunki Tramp jamoatçilikka aytayotgan gaplarning barçasi ham unga yoqmaydi.
Trampning boşqa bir tarafdori, yuk taşiş xizmati sohasida işlovçi Mayk Uilyams köplab sud işlarini nazarda tutgan holda sobiq prezidentga qarşi işlaşi mumkin bölgan omillar borligini tan oladi. Ammo u Tramp hokimiyatga kelsa, özini taşvişga solayotgan muammolarni hal qilişiga işonçi komil: «Iqtisodiyot, çegara, barçasi. Hozirda barçasi yomon».
Hali kimga ovoz beriş haqida bir qarorga kelmaganlar orasida ham Tramp baribir prezidentlikka nomzod böladi, degan qaraş bor.
«Menga barça nomzodlarimiz ma’qul, — deydi Ayova markazi De-Moyn şahridagi bar egasi Brayan Mun. — Agar har bir nomzoddan oz-ozdan olib, supernomzod qiliş imkoni bölganida, men baxtiyor bölgan bölardim. Ammo bunaqasi bölmaydi».
Tramp ştatda birinçi bölişini nima bilan izohlaş mumkinligi haqidagi savolga javoban şunday degan: «Milliarder ekaniga qaramay, u çindan ham hammamizga öxşagan odam. U nutq qilişni yoqtiradi, u qiziqarli, öziga tanqidiy köz bilan qaraydi va men öylaymanki, bu unga Ayovadagi odamlar bilan muloqotni yölga qöyiş imkonini beradi».
Boşqa nomzodlar
Boşqa nomzodlarning tarafdorlari asosan sobiq prezident lavozimini tark etgan vaqtda boşlangan va hamon davom etayotgan mojarolarga havola qiladi va partiya siyosati oq qoğozdan boşlanişini xohlaşlarini aytişadi.
34 yoşli Ronald Forsellning hisoblaşiça, Nikki Heyli — Respublika partiyasi perezagruzka tugmasini bosiş uçun imkoniyatdir.
«Biz kimningdir tvitterda yozgani yoki noroziligi hukmronlik qiladigan davrdan çiqişimiz kerak, — deydi u. — Şunday hissiyot borki, sönggi olti-sakkiz yilda biz bir inqirozdan boşqasi tomon yurdik, va men öylaymanki, Heyli bizga boşqa masalalar böyiça jiddiy muhokamalar qiliş imkoniyatini taqdim etadi».
Ron DeSantis tarafdorlarini uning Florida gubernatori sifatida qilgan işlari, xususan, kovid pandemiyasi çoğida lokdaun joriy etişni istamagani va maktablarda gender tenglik örgatilişini taqiqlagani öziga jalb etgan.
«Donald Tramp ham mening nomzodim bölgan bölardi, ammo u faqat qilib bölgan işlari haqida gapiradi, — deydi Urbandeyldan bölgan 41 yoşli Jyennifer Terner. — Men u nima qilmoqçiligi va bunga qanday erişmoqçiligi haqidagi gaplarni eşitmayapman».

Ştat aholisining ayrimlari Demokratik partiyadan nomzod bölişi deyarli aniq bölgan Jo Baydenni yenga oladigan istalgan nomzodni qöllaşga tayyor. Ammo ular umummilliy miqyosda respublikaçilar nomzodi uçun ovoz berişga tayyor bölgan saylovçilarning keng koalitsiyasini tuziş oson bölmasligidan xavfsiramoqda.
Törtta sud va 50 praymeriz
Şanba kuni keçqurun De-Moynedagi mehmonxonaga kelgan Trampning özi bu yerdagi sovuq haroratdan nolidi, ob-havo şaroiti tufayli dam oliş kunlariga belgilangan tadbirlarining aksarini bekor qilişga töğri kelgan.
«Bugun bizda köplab uçraşuvlar bor, bizda barçasi yaxşi, katta qöllovga egamiz. Ammo köçada izğirin», - degan Tramp jurnalistga.
Odatda prezidentlik saylovlari yilida nomzodlar saylovga qadar butun 10 oyni praymeriz vaqtidagi mitinglarda saylovçilar bilan qöl berib salomlaşiş va çaqaloqlarni öpiş bilan ötkazişadi.
Ammo Tramp bu yil Oq uy uçun kuraş bilan bir vaqtda törtta iş böyiça yanvardan may oyiga qadar davom etadigan sud jarayonlari uçun federal va ştatlardagi sudlarga ham qatnaşiga töğri keladi.
Ulardan birinçisi, Jin Kerrollga yetkazilgan zararni qoplaş böyiça iş Ayovadagi kokuslar kunida boşlanadi, maxfiy hujjatlarga aloqador federal jarayon esa Respublikaçilar partiyasi qurultoyiga bir oy vaqt qolganida oçiladi.












