«Dunyo» xabariga köra, uçraşuvda, şuningdek, Avstriya Iqtisodiy palatasining mintaqaviy menejyeri Kozima Ştayner ham qatnaşdi.

Muloqot çoğida Özbekistonda elektrotexnika sohasida yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Avstriya elektrotexnika korxonalari bilan qöşma sarmoyaviy loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari xususida fikr almaşdi.

Avstriya vakili Özbekiston bilan elektrotexnika sohasida hamkorlik örnatişga katta qiziqiş mavjudligini va aniq natijaga qaratilgan işlarni birgalikda amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatga asoslangan hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida şu yilning mart va aprel oylarida Venada ikki mamlakat korxonalari vakillari iştirokida alohida uçraşuv taşkil etişga kelişib oldilar.