Bu haqda 9-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida maʼlum qilindi. Tafsilotlarni prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov eʼlon qildi.

Maʼlum qilinişiça, Özbekistonda davlat xaridlari doirasida har yili 10 trillion sömlik elektrotexnika mahsulotlari sotib olinadi.

Ilgari tadbirkorlar davlat korxonalarining buyurtmalarini tört-beşta alohida platforma orqali kuzatişga majbur bölgan. Endilikda barça davlat buyurtmalari bitta platformada aks ettiriladigan tizim joriy qilingan.

Şuningdek, 2027-yil 1-yanvardan davlat xaridlari böyiça uç yillik rejalarni oldindan eʼlon qiliş boşlanadi.

Bu tadbirkorlarga kelgusi talabni oldindan baholaş, işlab çiqarişni kengaytiriş, yangi uskunalar xarid qiliş va investorlarni jalb etiş imkonini beradi.

Arzon import mahsuloti qimmatga tuşişi mumkin

Yiğilişda davlat xaridlarida faqat eng arzon narxga qarab mahsulot tanlaş amaliyotini qayta körib çiqiş zarurligi taʼkidlandi.

Sababi, arzon import mahsulotining keyingi foydalaniş xarajatlari mahalliy mahsulotnikidan ança yuqori bölişi mumkin.

Masalan, nazorat xaridi doirasida ikkita 40 kilovattli transformator örganilgan. Import transformator mahalliy mahsulotdan 400 ming söm arzon bölgan.

Biroq import transformatorning elektr energiyasi sarfi 10 foizga, foydalaniş davridagi taʼmirlaş xarajatlari esa tört barobarga yuqoriligi aniqlangan.

Şu sababli davlat xaridlarida mahsulotning butun xizmat muddati davomidagi xarajatlarini baholaşga asoslangan «life cost» yondaşuvi joriy etiladi.

Yangi tizimda mahsulotning dastlabki xarid narxi bilan bir qatorda elektr energiyasi sarfi, taʼmirlaş, servis va ekspluatatsiya xarajatlari ham hisobga olinadi.

Sanoat korxonalariga 50 ming dollargaça kompensatsiya beriladi

Muloqotda mahalliy elektrotexnika korxonalarining xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini kengaytiriş masalasi ham muhokama qilindi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahridagi «Artikul Aziya» va «Maxsopper», Toşkent viloyatidagi «Texno Cable Group» va «Vades Group», Andijondagi «Andijon kabel» korxonalari öz loyihalari uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan jami 80 million dollar jalb qilgan.