Xitoy özining suveren hududi deb hisoblagan Tayvandagi prezidentlik saylovi ğolibini ğarb davlatlari tabriklaganidan keskin noroziligini bildirdi. Xitoy Taşqi işlar vazirligi va Xitoyning xorijdagi elçixonalari 14 yanvar, yakşanba kuni saylovda ğolib çiqqan hukmron Demokratik progressiv partiya yetakçisi, Tayvan mustaqilligi tarafdori Lay Tsindeni qöllab-quvvatlamaslik töğrisida ogohlantirdi. 

Qöşma Ştatlar töğridan töğri tanqid qilindi: uning Lay Tsinde ğalabasiga ijobiy munosabati Xitoy Taşqi işlar vazirligi tomonidan «Tayvanning mustaqillikka erişiş intilişlari uçun notöğri signal» deb ataldi. «Xitoy Qöşma Ştatlar va Tayvan örtasidagi rasmiy muloqotning har qanday şakliga har doim sözsiz qarşi bölib kelgan va AQŞning Tayvan işlariga har qanday şaklda yoki kontekstda aralaşuvini qat’iyan rad etadi», — deya ma’lum qildi Xitoy TIV. Xitoyning Britaniyadagi elçixonasi Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeronning tabrigiga nisbatan ham şunday izoh berdi. 

XXRning Yaponiyadagi elçixonasi rasmiy diplomatik norozilik bildirdi 

Saylov ğolibiga tabrik Germaniya hukumatidan ham keldi. «Erkin va tinç ötgan saylovlar Tayvanda demokratiya qançalik çuqur ildiz otganini va saylovçilar demokratik qadriyatlarga qançalik sodiq ekanini yana bir bor körsatdi, - deyiladi Germaniya taşqi işlar vazirligi bayonotida. - Biz uşbu saylovda iştirok etgan barça saylovçilarni, nomzodlarni va ğoliblarni tabriklaymiz». Şu bilan birga, Germaniya TIV Reuters söroviga javoban Germaniya hukumati bayonotiga Xitoyning munosabatini izohlaşdan boş tortdi. 

Xitoyning Yaponiyadagi elçixonasi hatto Lay Tsindega yöllangan tabrik yuzasidan rasmiy diplomatik norozilik bildirdi. Yaponiya hukumati avvalroq Tayvanni «öta muhim hamkor va muhim döst» deb atagan edi. Biroq, ayni paytda munosabatlar «nodavlat asosda» qurilişi aytilgan edi.