BYPOL: Minsk yaqinida Rossiya armiyasi uchun eng muhim samolyotlardan biri yo‘q qilindi
BYPOL'ning DW nashriga ma’lum qilishicha, Minsk yaqinidagi A-50 harbiy samolyoti hujum uchun tasodifan tanlangani yo‘q, u Ukrainadagi obektlarni nishonga olish uchun ishlatilgan. Belarusdagi muxolifat bir yildan ko‘proq vaqt ichida eng muvaffaqiyatli diversiya haqida e’lon qildi.
Belarus xavfsizlik xizmatining sobiq amaldorlari uyushmasi BYPOL ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusning Machulishchi aerodromida portlatilgan Rossiyaning A-50 harbiy samolyoti hujum uchun tasodifan tanlanmagan. 27 fevral, dushanba kuni BYPOL rahbari Aleksandr Azarov DW nashriga bergan intervyusida A-50 havodan erta ogohlantirish va nazorat qilish samolyoti Rossiya armiyasi uchun muhim bo‘lgani, chunki u Rossiya raketalarini Ukrainadagi nishonlarga yo‘naltirishda foydalanilganini aytib o‘tdi.
«Bu havo flotidagi flagmanga o‘xshaydi. «Kinjal»lar tashuvchilari uning ortidan uchib, ko‘rsatmalariga amal qilishadi. Bunday samolyotlar ko‘p emas», - deya tushuntirdi u. Azarovning so‘zlariga ko‘ra, bunday aksiyalar uzoq vaqt tayyorlanadi. «Chet elda bo‘lib, ichkaridagi partizanlar bilan aloqa qilish, razvedka, ta’minot, chetlab o‘tish yo‘llarini ta’minlash juda qiyin», — deya qo‘shimcha qildi u.
«Belsat» telekanali efirida Azarov Rossiya samolyotiga uchuvchisiz uchoqlar yordamida havodan hujum qilinganini, bu diversiyani «Peramoga» rejasi ishtirokchilari bo‘lgan belaruslar amalga oshirganini ta’kidladi. «Operatsiya ishtirokchilari mamlakat tashqarisida allaqachon xavfsiz joyda. Hamma chiqib ketdi, shamolni daladan izlab yurishsin endi», - dedi u va operatsiyaga bir necha oydan beri tayyorgarlik ko‘rilganini qo‘shimcha qildi.
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko xavfsizlik kuchlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi, unda Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi, ichki ishlar va mudofaa vazirlari, KGB va Davlat chegara qo‘mitasi rahbarlari ishtirok etdi. BelTA davlat agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u Belarusga qarshi chegaralarda «zarracha tajovuz»ni kuzatish va zarur choralarni ko‘rish zarurligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk dushmanlari «Belarusdagi vaziyatni qo‘zg‘ash uchun har qanday imkoniyatdan foydalanadi». «Ular buni qiladilar. Men sizdan ushbu o‘rnatishlarni amalga oshirishingizni talab qilaman. Qolgan hamma narsa menga bog‘liq», - deya qo‘shimcha qildi u.
«Belaruski Gayun» Telegram-kanalida ta’kidlanganidek, Lukashenko matbuot xizmati tor doiradagi uchrashuvdan qisqa videoni e’lon qildi. Bu uning so‘zlari bilan boshlanadi: «Ichki va birinchi navbatda, tashqi voqealarni hisobga olgan holda, men sizning og‘zingizdan Belarusimiz atrofidagi ichki siyosiy va harbiy tarkibiy qismning tavsifini eshitishni xohlayman». Shu bilan birga, hayajonlangani ko‘ringan Lukashenko bu voqealar bilan nimani nazarda tutayotganini aniqlashtirmagan va xavfsizlik kuchlaridan, ayniqsa chegarada «eng shafqatsiz» tartib-intizomni talab qilmoqda, deya qo‘shimcha qildi faollar.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024