Ar-Riyoz rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy blokiga a’zo bölmadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Savdo vaziri Majid Al-Qasabiy ma’lumot berdi. U 17 yanvar kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida jurnalistlar savoliga javob berar ekan, qirollik BRICS taklifini hali qabul qilmaganini aytdi. 

«Saudiya Arabistoni BRICS taşkilotiga taklif qilingan, ammo biz hali rasman qöşilmaganmiz», deb uning sözlaridan iqtibos keltirdi Reuters. 

Avvalroq, Saudiya Arabistoni davlat televideniyesi mamlakat BRICS a’zosi bölgani haqida xabar bergan edi. Ammo keyinçalik, bu xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan öçirib taşladi. 

BRICS 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan taşkil etilgan bölib, keyinçalik unga Janubiy Afrika qöşilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi. 

2023 yil dekabr oyida Argentina BRICS a’zosi böliş rejasidan voz keçgan edi.