Qölga olinganlar orasida Temirov LIVE tahririyatining sobiq va hozirgi jurnalistlari, jumladan Joodar Buzumov (fotoda) bor.
Foto: KHAMIDULLO UZAKOV

18 yanvar kuni Bişkekdagi sud jurnalist va Temirov Live loyihasining sobiq xodimlari bölgan 11 kişini ikki oy muddatga hibsga oldi. Bir kun oldin içki işlar organlari xodimlari ularni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiliş işi böyiça qölga olgandi. 

Temirov Live va «Ayt Ayt Dese» tahririyatlari rahbari Bolot Temirov BBC uçun intervyusida hibsga olinganlarning ikki nafari – loyihalar rahbari Maxabat Tajibek qizi (u Temirovning rafiqasi) hamda oqin (improvizator şoir) Azamat Işenbekovga nisbatan ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiliş böyiça ayblov e’lon qilinganini aytgan. 

Oqin Işenbekov jurnalistik suriştiruvlarni qirğiz tiliga ögiriş bilan şuğullangan. Uning çiqişlari «Ayt Ayt Dese» yutub-kanalida joylaştirib borilgan. 

«[Tergovning] iş qözğatiş töğrisidagi qaroridan ommaviy tartibsizliklarga çaqiriş ular uçun nimaligini körişimiz mumkin. Ular uçun „mamlakat rahbariyatini obrösizlantiriş aholini zöravonlik harakatlariga undaş“dir, ya’ni hokimiyatga har qanaqa tanqid çaqiriq hisoblanadi. Bu aqlga siğmaydi», — degan Temirov. 

Uning ma’lumotiga köra, qölga olinganlardan yana ikki nafariga— operator Oqil Orozbekov va Temirov Live sobiq jurnalisti, loyihani bir yarim yil oldin tark etgan Aktilek Kaparovga ham ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiliş böyiça ayblov e’lon qilinişi kutilmoqda. 

Ikki kun davomidagi ommaviy tintuvlar 

16-17 yanvar kunlari Bişkekdagi törtta naşr jurnalistlari ommaviy tintuv va söroqlarni boşdan keçirişdi. Birinçi kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xodimlari 24.kg agentligi ofisida uruş taşviqoti işi böyiça tintuv ötkazgan va ofisni muhrlab qöygan. 

Axborot agentligi rahbariyati tahririyat ofisidan töğri söroq qiliş uçun olib ketilgan. 24.kg şef-redaktori Mohinur Niyazova içki işlar vazirligiga yöl olişdan oldin jurnalistlarga iş Ukrainadagi uruş töğrisidagi material tufayli oçilganini aytişga ulgurgan. 

Tahririyatga reyd uyuştirgan bişkeklik militsionerlar.
Foto: KHAMIDULLO UZAKOV

Keyinroq axborot agentligi rahbariyati ma’lumotni oşkor qilmaslik töğrisidag kelişuv borligini aytib, izoh berişdan boş tortdi. Niyazova hamda 24.kg boş direktori Asel Otorbayeva ketma-ket ikki kun söroq qilingan. 

18 yanvar kuni Temirov Live yutub-kanalining sobiq va hozirgi jurnalistlari tahririyat va ularning uylarida ötkazilgan tintuvlardan keyin qölga olindi. IIV xodimlari 11 kişini guvoh sifatida söroq qiliş uçun olib ketişgan, şundan söng jurnalistlar jinoyatda gumonlanib, qölga olingan. 

IIV matbuot xizmati qisqaça xabarida ommaviy tartibsizliklarga çaqiriq böyiça tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan. Tergov versiyasiga köra, Temirov Live va «Ayt Ayt Dese» yutub-kanallarida «norozilik aksiyalari va ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiliş belgilari mavjud bölgan» materiallar aniqlangan. 

«Içki işlar vaziri bizdan öç olmoqda» 

Temirov Live va «Ayt Ayt Dese» loyihalari asosçisi Bolot Temirovning taxmin qilişiça, jurnalistlarga qarşi jinoiy iş oçilişiga içki işlar vaziri Ulan Niyazbekov haqidagi sönggi materiallar sabab bölgan. 

«[Jinoiy iş] öylab topilgan modda, amalda esa bu IIV xodimlari va vazirning bizning jurnalistik faoliyatimiz uçun qasosidir», — degan Temirov. 

Uning izohlaşiça, jamoasi IIV rahbarining mulki hamda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 750 ming dollar miqdoridagi mablağ öğirlangani töğrisida suriştiruvlar e’lon qilgan. 

«Biz Ulan Niyazbekovning amakisining neft biznesi, Bişkekning qimmatbaho hududida vazirning amakisi va onasi nomiga rasmiylaştirilgan uylarni aniqladik. Manbalarimizga köra, u öşa joyda yaşaydi. Biz uning IIV tizimida işlaş çoğida boylik orttirgani mavzusini kötargandik», — deya qayd etgan jurnalist. 

Söroq vaqtida qölga olinganlardan Bolot Temirovning özi qayerdaligi söralgan, u 2022 yil noyabrida Qirğizistonda pasportni qalbakilaştiriş işi böyiça sudlangan va sud zalidan zörlik bilan Rossiyaga olib ketilgandi. 

«Ular meni sudlaşdi, deportatsiya qilişdi. Endi esa men qaysi mamlakatda ekanimni aniqlaşga urinmoqda. Ehtimol bu provokatsiyadir, ehtimol meni yöq qilişmoqçidir», — degan Temirov. 

Hozirda uning jamoasi a’zolari hamda loyihalar rahbari, Temirovning turmuş örtoği hisoblanadigan Tojibek qizi jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Temirovning özi Qirğizistondan deportatsiya qilingaç, Tojibek qizi Temirov Live va «Ayt Ayt Dese» boşqaruvini öz qöliga olgandi. 

Temirov Live direktori Maxabat Tajibek kizi.
Foto: KHAMIDULLO UZAKOV

«Qirğiziston mintaqadagi ozodlik orolçasi hisoblanardi» 

Sakkizta xalqaro huquq taşkilotlari qöşma bayonot berib, Qirğiziston hukumatini «uruş taşviqoti» va «ommaviy tartibsizliklarga undaş» bahonasi bilan OAV tahririyatlariga qarşi oçilgan jinoiy işlarni töxtatişga çaqirgan. 

«Hukumat mustaqil naşrlar va jurnalistlarga qarşi repressiv harakatlarni zudlik bilan töxtatişi, şuningdek ularga mamlakatdagi va dunyoning qolgan qismidagi voqealarni qasos olinişidan qörqmagan holda yoritişiga imkon berişi kerak», — deyilgan murojaatda. 

Bu bayonot Human Righs Watch, Inson huquqlari böyiça xalqaro hamkorlik (IPHR), People in Need va Inson huquqlari böyiça Xelsinki fondi kabi taşkilotlar tomonidan imzolangan. 

Sönggi uç yillikda, prezident Sadir Japarov hokimiyatga kelganidan keyin Qirğiziston erkinlik va demokratiya darajasi böyiça xalqaro reytinglardagi pozitsiyalarini sezilarli darajada yomonlaştirdi. 

Prezident Sadir Japarov boşqaruvining uç yilida Qirğiziston huquq va erkinliklar reytinglarida pastga şönğidi.
Foto: Getty Images

Freedom House nodavlat xalqaro taşkiloti baholariga köra, 2021 yilda Qirğiziston erkin bölmagan mamlakatlar toifasiga kiritilgan. Mamlakat siyosiy huquqlar va fuqarolik erkinliklari darajasi böyiça 100 dan 27 ball olgan. Freedom House mamlakatda muxolifatçilar va faollar ta’qib ostiga olinganini qayd etgan. 

«Çegara bilmas muxbirlar» (RSF) reytingida esa Qirğiziston matbuot erkinligi darajasi böyiça 50 pozitsiyaga pastlagan va 122-örinni egallagan — Tunis va Nigeriya örtasida. 

«Bunga qadar Qirğiziston mintaqada matbuot erkinligi oazisi hisoblanardi. Ammo qay etiş mumkinki, jurnalistlar ta’qib etilişi bilan misli körilmagan vaziyat yuzaga keldi», — deya qayd etgan RSF’ning Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bölimi rahbari Janna Kavele. 

Saytlar bloklanişi va naşrlar tugatilişi 

Japarovning prezidentligi davrida OAV saytlarini sudgaça bloklaş oddiy amaliyotga aylandi. 2021 yil avgustida qabul qilingan feyklar töğrisidagi qonun bunda qöl kelmoqda. 

Mazkur qonun Madaniyat vazirligiga notöğri ma’lumotlar çop etilgan taqdirda sud jarayonisiz saytlarni bloklaş böyiça qaror qabul qiliş huquqini beradi. Axborot işonçli yoki yöqligi borasida qarorni vazirlik xodimlari özi qabul qiladi. 

Feyklar töğrisidagi qonun kuçga kirgaç, Qirğiziston hududida bir neça mustaqil naşrlarning saytlari bloklandi. 2022 yil oktyabrida «Radio Azattik» («Ozodlik radiosi» qirğiz xizmati) saytiga kiriş tösilgandi. Noqulay materiallar öçirilganidan keyin, 2023 yil iyulida radio sayt radiosi blokdan çiqarildi. 

Ötgan yil sentabrida «Kloop» sayti bloklangan. Blokirovkaga hibsga olingan muxolifatçi poytaxtdagi 1-sonli tergov izolyatorida qiynoqqa solingani haqida aytib bergan material sabab bölgandi. Jazoni ijro etiş muassasasi qiynoq töğrisidagi ayblovni rad etgan va sayt bu pozitsiyani öz xabarida bayon etişiga töğri kelgandi. 

Bundan taşqari, Bişkek sudi hozirda «Kloop Media» jamoat fondi sifatida röyxatdan ötgan naşrni tugatiş böyiça da’voni körib çiqmoqda. Tahririyatga qarşi da’vo Bişkek prokuraturasi tomonidan berilgan, idora fikriça, «Kloop»ning maqolalari Qirğizistonga salbiy ta’sir körsatadi.