Germaniya kansleri Olaf Şols va Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Ukrainadagi vaziyat haqida telefon orqali muloqot qildi – bu haqda Şols 19 yanvar, juma kuni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida xabar berdi. London va Berlin Rossiya Federatsiyasi tomonidan boşlangan uruşda «Ukrainaga jiddiy va barqaror yordam berişda davom etişi kerak», deb ta’kidladi kansler postda.
Suhbat faktini Britaniya boş vazirining idorasi tasdiqladi. Unga köra, Sunak Şols bilan yaqinda Kiyevga amalga oşirgan taşrifini muhokama qilgan, u va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikki davlat uçun xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi bitimni imzolagan. Bundan taşqari, London Berlinga 2024 yilda Kiyevga harbiy yordam uçun kamida 2,5 milliard funt sterling (taxminan 2,9 milliard yevro) ajratişi haqida ma’lum qildi.
Şols va Sunak, şuningdek, Germaniya va Britaniya örtasida mudofaa va havo mudofaasi, Yaqin Şarqda mintaqaviy barqarorlikni qöllab-quvvatlaş, Yevropada migratsiya inqirozi sohasidagi «kengroq hamkorlik» masalasini körib çiqdi, deb yozadi Dauning-stritdagi ofis. Mamlakat rahbarlari «odam kontrabandasi bilan şuğullanuvçi jinoyatçilar tödalariga qarşi kuraşiş uçun butun qit’ada qat’iy, birgalikda harakat qiliş muhimligini» qayd etdi.
Germaniya 2024 yilda Kiyevga harbiy yordam uçun 7 mlrd yevro ajratadi
Avvalroq Germaniya hukumati matbuot xizmati Berlin 2024 yilda Ukrainaga harbiy yordam uçun ajratmoqçi bölgan mablağni deyarli ikki baravar oşirişini ma’lum qilgandi. 2023 yil oxirida Germaniya budjetini işlab çiqişda uşbu maqsadlar uçun 4 milliard yevro ajratilgan, ammo hukumat keyinçalik rejalarni özgartirdi.
Endi Germaniya, boşqa narsalar qatori, mudofaa xarajatlarini YaIMning 2,1 foizigaça oşiradi - buni NATO standartlari talab qiladi. Berlinning Kiyevni qöllab-quvvatlaşi ham Rossiya-Ukraina uruşi boşlanganidan beri eng keng kölamli böladi - 2022 yil 22 fevraldan 2023 yil dekabrigaça Germaniya Kiyevga taxminan 6 milliard yevro miqdorida harbiy yordam körsatdi.
Yevropa AQŞdan yordam bilan boğliq muammolar fonida Ukrainani qöllab-quvvatlamoqda
Yevropa davlatlari Kiyevni qöllab-quvvatlayotgan bir paytda, Ukraina AQŞdan harbiy yordam olişda muammoga duç kelmoqda. Sentyabr oyida AQŞ Kongressidagi Respublikaçilar partiyasi vakillari Oq uyning Kiyevga 61,3 milliard dollar ajratiş rejasini qöllab-quvvatlamagan edi. Respublikaçilar içki muammolarni hal etiş - mamlakatning Meksika bilan çegarasini mustahkamlaş va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş uçun ham qöşimça mablağ ajratişni talab qilmoqda.
Dekabr oyi oxirida Qöşma Ştatlar Kongress tomonidan ma’qullangan sönggi tranşni Kiyevga ötkazdi. Şu fonda The New York Times gazetasining yozişiça, Kiyevga yaqin orada Vaşingtondan Patriot tizimi uçun raketalar yetkazib beriş töxtatiladi.












