5 may, duşanba kuni Berlindagi Bendlerblok harbiy majmuasi hovlisida Germaniya kansleri Olaf Şolsni iste’foga kuzatiş marosimi bölib ötdi. An’anaviy «Buyuk oqşom şon-şuhrati» (Der Große Zapfenstreich) xayrlaşiş marosimida sözlagan Şols hamjihatlikka, demokratik qadriyatlarni asrab-avaylaşga çaqirdi. Uning sözlariga köra, 6 may kuni bölib ötadigan hukumat almaşinuvi «demokratik me’yorning körinişidir».

Olaf Şolsning ta’kidlaşiça, hokimiyatning «madaniy, kollegial va obröli» ötkazilişi, xuddi Germaniyada kuzatilayotgani kabi, «aslida oddiy narsa emas». Şuning uçun ham «demokratlar örtasidagi sivilizatsiyalaşgan muloqot»ni himoya qiliş juda muhim, çunki bu «qimmatli», deb ta’kidladi lavozimini tark etayotgan kansler. «Demokratik davlatda mansablar har doim ma’lum muddatga beriladi. Bizni butun dunyodagi avtokratiyalardan ajratib turadigan narsa şu», — deydi Şols.

Şols kansler lavozimini egallaşga tayyorlanayotgan Fridrix Mersga «muvaffaqiyatlar, omad va yengillik» tiladi. Öz nutqini yakunlar ekan, Şols şunday ta’kidladi: «Germaniya federal kansleri sifatida xizmat qiliş men uçun şaraf bölgan va şunday bölib qoladi».

Bendlerblokdagi marosimda 300 ga yaqin askar va ofitser iştirok etdi. Mehmonlar orasida federal prezident Frank-Valter Ştaynmayyer va bölajak kansler Fridrix Mers ham bor edi. Tadbir davomida Bundesver orkestri an’anaviy tarzda iste’foga çiqqan kansler tanlagan uçta kompozitsiyani ijro etdi. Olaf Şols xayrlaşuv uçun turli davrlarning klassik qöşiqlarini tanladi — Beatles guruhining In My Life, Baxning konsertlaridan biridan parça va Areta Franklinning Respect qöşiği.