Italiyada faşistlarning qutlov işorasi rasman qayta tiklandi. CNN telekanaliga köra, mamlakat Oliy sudi «Rim salyuti» yoki «zig» nomi bilan maşhur bölgan faşistik qutlovni uç şart bilan qonuniylaştirdi: u jamoat tartibiga tahdid solmasligi, boşqalarni irqiy kamsitilişiga yöl qöymasligi, şuningdek, Italiyada taqiqlangan Mussolini Milliy faşistik partiyasining tiklanişini nazarda tutmasligi kerak.
Muxolifat va yahudiy jamiyati bu qarorni tanqid qilib, unga qarşi norozilik bildiriş niyatida. Italiyadagi muxolifat mamlakat hukumatiga öta öng siyosiy kuçlar va neofaşistik guruhlarni taqiqlaş talabi bilan murojaat qildi.
Oliy sud qarori 7 yanvar kuni Rim markazida neofaşistik Italiya ijtimoiy harakati ştab-kvartirasi oldida miting ötkazilib, uning iştirokçilari qöllarini kötarib, faşistlarça qutlovdan foydalangani haqidagi video tarqalganidan söng çiqarildi. Şu kuni heç kim hibsga olinmadi va Italiya boş vaziri Jorja Meloni bu harakatni omma oldida qoralamadi. Qayd qilinişiça, Meloni xonim siyosiy faoliyatini aynan neofaşistik Italiya ijtimoiy harakatida boşlagan.
Italiyada faşizmni tarğib qiliş rasman taqiqlangan va uruşdan keyingi konstitutsiya Milliy faşistik partiyaning tiklanişini taqiqlaydi. Şu bilan birga, 2018 yilda Italiya Oliy kassatsiya sudi «Italiya birodarlari» tomonidan Milanda taşkil etilgan tadbirda qöllarini faşistik qutlov bilan kötargan ikki namoyişçini oqlaş haqida hukm çiqardi. Sud «Rim salyuti»ni agar xotirani qadrlaş niyatida amalga oşirilsa, şuningdek, zöravonlik bilan boğliq bölmasa jinoyat emasligini tasdiqladi. Bunday holda, qutlovni demokratik tuzumga putur yetkazişga uriniş sifatida emas, balki erkin «fikr ifodasi» deb hisoblaş mumkin.












