
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk yoppasiga öqqa tutilgani haqida «DXR» ma’muriyati 21 yanvar tongida xabar berdi. Anneksiya qilingan şahar meri Aleksey Kulemzin mahalliy vaqt bilan soat 10:20 atrofida zarba ostida qolgan «Merkuriy» bozori joylaşgan Kirov rayoni aholisini boşpanalarini tark etmaslikka çaqirdi.
15 daqiqa vaqt ötib Kulemzin Kirov rayoni öqqa tutilişi oqibatida jabrlanganlar borligini xabar qildi, yana yarim soat vaqt ötganidan keyin esa — Ukraina qurolli kuçlari tomonidan uçirilgan snaryadlar «Tekstilşçik mikrorayonining savdo markazlari joylaşgan gavjum joyiga tuşgani»ni aytdi. Öşa xabarida Donetsk meri ilk qurbonlar haqida ma’lum qildi.
Keyingi bir neça soat davomida Kulemzin hamda «DXR» rahbari Denis Puşilin zarba qurbonlari soni oşib borayotgani haqida xabar berib turdi. Avvaliga sakkiz nafar qurbon borligi aytilgandi, keyin — 12, 13, 18 va sönggi ma’lumotlarga köra 27. «Voyna Glazami Jurnalista» telegram-kanali ma’lumotiga köra, qurbonlar röyxatidagi 27 kişining hammasi ham zarba vaqtida uşbu bozor hududida bölmagan. Kamida bir kişi xuddi şu Kirov rayonidagi köp qavatli turar joy binosi hovlisiga zarba kelişi oqibatida halok bölgan.
Yana kamida 20 kişi, jumladan ikki bola jarohatlangan, Puşilinning ma’lumotiga köra, bolalarning ahvoli örta oğirlikda deb baholanmoqda. Oğir ahvoldagi yaradorlar ham bor, köpçilikda hayotiy muhim organlar sohasiga çuqur kirib borgan jarohatlar qayd etilgan, ayrimlarning qöl-oyoğini kesib taşlaşga töğri kelgan. «Jabrlanganlardan uç nafari, afsuski yaşab keta olmadi», — deya aniqlik kiritgan Puşilin. U 22 yanvarni «DXR»da motam kuni deb e’lon qilgan.
«DXR» rahbarining ma’lumotiga köra, bozor joylaşgan kvartal böylab «Kuraxove va Krasnohorivka yönalişlaridan 152 va 155 millimetr kalibrli stvolli artilleriya qurollarining kombinatsiyalangan zarbalar» yöllangan. Puşilin va Kulemzin qasddan fuqarolik infratuzilmasini öqqa tutişda ayblagan Ukraina qurolli kuçlari hozirça bu ma’lumotni izohlamagan. «Vajniye istorii»ga köra, Donetskdagi bozor , Ukraina QKning Kuraxove va Krasnohorivka şaharlaridagi pozitsiyalaridan «stvolli artilleriya zarbalari yetib boradigan masofa»da joylaşgan.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
RF taşqi işlar vazirligi Donetsk öqqa tutilişi yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik zarbani «Rossiyaning tinç aholisiga nisabatan varvarlarça terrorçilik akti» deb baholab, bu «Ğarbning ukrainalik qöğirçoqlar qöli bilan RFni „strategik mağlubiyat“ga uçratişga bölgan istagi»dan kelib çiqqanini bildirdi. TIV «xalqaro tuzilmalar va hukumatlarni zarbani qoralaş»ga çaqirgan, şuningdek Ukraina hukumatini «diplomatik metodlar bilan tinçlik va barqarorlikka erişiş uçun siyosiy iroda yöqligi»da ayblagan. Vazirlik versiyasiga köra, bu yana bir bor «maxsus harbiy amaliyotning barça maqsadlariga erişiş zarurligi»ni körsatmoqda.
Donetsk böylab zarba 22 yanvar kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrov iştirokida keçadigan BMT Xavfsizlik kengaşining Ukraina böyiça yiğilişidagi asosiy mavzulardan biri böladi, deb xabar qilgan RF doimiy vakolatxonasi.
Zarbaning asosiy nişoniga aylangan «Merkuriy» bozori, «Yandeks.Karty» servisidagi izohlarga qaraganda, mahalliy aholi orasida maşhur bölgan, aholi bu joyni oziq-ovqat va kiyim-keçaklar narxi arzonligi uçun maqtaşgan.

AFP / Scanpix / LETA


«Vajniye istorii» qayd etişiça, 21 yanvar kungi hujum, katta ehtimol bilan Donetsk uçun 2014 yildan buyon davom etayotgan uruşdagi eng qonli hujum böldi. Naşr tinç aholi orasidagi qurbonlar soni köpligi böyiça soliştiriş uçun 2022 yil 14 martdagi raketa zarbasini keltirgan. Öşanda Donetsk markaziga «Toçka-U» raketasi uçib kelgan, bunda tomonlar bir-birini ayblagandi. «DXR» rasmiylariga köra, öşa hujum oqibatida 21 kişi halok bölgan. BMT esa 15 kişining ölimini qayd etgan.













