Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda irrigatsiya, yangi stansiyalar qurilişi, qöşni davlatlarni suv bilan ta’minlaş haqida gapirdi. U «Kabar» davlat agentligiga bergan intervyusida öz nuqtai nazarini bildirdi. 

Unga köra, ötmişda qurilgan kunlik va ön kunlik nazorat hovuzlari tozalanmagan. Suv yetarli darajada saqlanmagani uçun dehqonlar suğoriş mavsumida suv tanqisligini boşdan keçirdi. 

«Bu yil hamma narsani tozalaymiz. Bundan taşqari, men butun mamlakat böylab yangi hovuzlarni quriş böyiça körsatmalar berdim. Uşbu hovuzlar birinçi navbatda quyi oqimdagi qöşnilarimiz uçun foydalidir. Suğoriş mavsumida oqar suv bilan boğliq nizolar kelib çiqadi. Agar qişda hovuzlarda erigan suv yiğadigan bölsak, bahordan daryo suvi qöşnilarimizga töliq oqadi. Ya’ni avvalgidan ham köproq suv oladi. Suğoriş mavsumida fermerlarimiz hovuz suvlaridan, qöşnilarimiz esa oqar suvdan foydalanişi mumkin böladi», dedi Sadir Japarov. 

Uning ta’kidlaşiça, Qirğiziston qişda behuda oqayotgan suvdan samarali foydalanişga, bu bilan bahs-munozara keltirib çiqarmaslikka harakat qiladi. 

«Oxirgi marta Bişkekni qanday suv bosganini körgansiz. Kundalik nazorat hovuzlari yöqligi sababli suv şaharga oqib, köçalarni töldirdi. Agar hovuz bölsa, bu suvni tejaş mumkin edi. Bu mamlakatimizning barça hududlarida sodir bölyapti. Qişda suv zaxirasini töldira olsak, qöşnilarimizga ham yetarli bölardi. Qöşnilarimizga qança suv kerak bölsa, şunça suv beramiz. Şunday böladi», dedi davlat rahbari. 

Misol tariqasida Japarov Qambarota GES-1 qurilişini keltirdi. Prezident uşbu stansiyadan qöşnilar ham suv resurslari körinişida foydalanişiga işonç bildirmoqda. Qirğiziston faqat elektr energiyasidan foyda köradi. Respublika suğoriş va içimlik suvi uçun Norin daryosi suvining atigi 1 foizidan foydalanadi. 99 foizi Özbekiston va Qozoğistonga ötadi. 

«Qambarota GES-1 qurib bitkazilgaç, qişda elektr energiyasi işlab çiqariş, suğoriş mavsumida esa qöşnilarimizga Töqtöğul GES hududida töplangan suvni yetarli miqdorda beriş imkoniyatiga ega bölamiz. Hozir qişda elektr energiyasi işlab çiqariş uçun Töqtöğul GES quvvatidan foydalanyapmiz, yozda esa uni töxtatişga majburmiz. Çunki kelasi qiş uçun suvni tejamasak, elektr energiyasiz qolamiz», dedi Sadir Japarov. 

«Biz bu muammolarni hal qiliş ustida işlayapmiz. Biz nafaqat özimiz, balki qöşnilarimiz haqida ham qayğuramiz. Biz abadiy qöşnimiz ekanmiz, eng muhim masalalar haqida öylaşimiz kerak. Va «suv boşida biz turibmiz, suv bermaymiz», deb bahslaşiş bema’nilik. Biz hammamiz qardoş xalqmiz, abadiy qöşnimiz va köp jihatdan bir-birimizga boğliqmiz. Hammasini sanab ötirmayman, buni odamlarning özi yaxşi biladi», deb xulosa qildi u.