Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Pop tumanidagi yangi boğçada xodimlar oğir işlarni qilişga majburlangani aytilgan xabarlar va ularga ilova qilingan fotosuratlar tarqaldi.
Fotosuratlarda boğça xodimlari bölgan ayollarning oğir toşlarni, çiqindilarni taşiyotgani, atrofni supurib, yer çopayotgani tasvirlangan.
Holat yuzasidan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi. Unga köra hodisa Pop tumanidagi 56-sonli davlat boğçasida sodir bölgan.
Boğça direktori muassasa oçiliş marosimiga tayyorgarlik köriş maqsadida taşkilot xodimlarini obodonlaştiriş, bezak işlari bajarilişiga jalb etgan.
Qayd etilişiça, örganiş natijalari yakunida boğça direktoriga nisbatan xodimlarni Mehnat kodeksining 115-moddasiga zid ravişda mehnat şartnomasida körsatilmagan, öz xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan işlarga jalb qilingani sababli MJtKning 49-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy jarima qöllangan.
Ma’lumot uçun, MJtKning 46-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uçun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça jarima jazosi belgilangan.












