Ikkinçi örinni 72,6 ball bilan Singapur, uçinçi örinni esa 72,0 ball bilan Malayziya band etdi.
Estoniyaning yetakçilikka çiqişi alohida eʼtiborga molik. Aholisi qariyb 1,3 million kişidan iborat mamlakat xavfsizlik hamda yaşaş uçun qulay şaroit yaratiş körsatkiçlarida yuqori natija qayd etgan. Bunga samarali huquqiy tizim, rivojlangan startap ekotizimi va yoşlar örtasida işsizlik darajasining pastligi asosiy omillardan biri sifatida körsatilgan.
Boltiqböyining boşqa davlatlari ham yuqori natija körsatdi. Litva 71,0 ball bilan 10-örinni, Latviya esa 68,7 ball bilan 18-örinni egallab, dunyodagi eng yaxşi 20 ta mamlakat qatoridan joy oldi.

Umuman, kuçli yigirmatalikning yarmini Yevropa davlatlari taşkil etgan. Jumladan, Portugaliya 71,6, Çexiya 69,9 va Malta 69,8 ball töplagan.
Yevropa mamlakatlarining yuqori örinlarni egallaşida tibbiy xizmat sifati va umumiy turmuş darajasi muhim ahamiyat kasb etgan. Şu bilan birga, Janubiy va Şarqiy Yevropada yaşaş xarajatlarining nisbatan maqbulligi ayrim davlatlarga qöşimça ustunlik bergan. Xususan, Bolgariya va Kipr 69,7 balldan töplab, Şimoliy va Ğarbiy Yevropaning ayrim maşhur mamlakatlarini ortda qoldirgan.
Şarqiy va Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari ham reytingda yuqori natijalar qayd etgan. Tayvan 71,4 ball bilan jahonda 5-örinni egallagan. Bruney 69,3 va Yaponiya 69,1 ball bilan kuçli yigirmatalikdan joy olgan.
Reytingning quyi qismida esa Afrika mamlakatlari ustunlik qiladi: oxirgi 20 ta örinning 13 tasi qitʼa davlatlariga töğri kelgan.
Afrika mamlakatlari orasida eng past körsatkiç Janubiy Sudanda - 42,3 ball.








