Tahlil markazi reytingni tuzişda qariyb 300 ta statistik körsatkiçdan foydalangan. Baholaşda davlat boşqaruvi va jamoat institutlari sifati, iqtisodiy muhit, tadbirkorlik uçun şart-şaroitlar, şuningdek, ta’lim, soğliqni saqlaş va inson salohiyatini rivojlantiriş imkoniyatlari hisobga olingan.
Reytingda birinçi örinni Şveytsariya egalladi. Mamlakat sönggi yillarda muntazam ravişda birinçi yoki ikkinçi poğonadan joy olib kelmoqda. Ikkinçi va uçinçi örinlardan mos ravişda Norvegiya hamda Irlandiya örin olgan. Norvegiya ham doimiy ravişda eng farovon davlatlar qatoridan joy egallasa, Irlandiya 2021-yilda yettinçi öringa tuşganidan söng yana yuqori poğonalarga qaytdi.

Eng farovon öntalikka Yevropadan taşqari faqat Avstraliya kira olgan. U töqqizinçi örinni egallagan. Reytingning quyi qismida esa asosan Afrika davlatlari joylaşgan bölib, sönggi öntalikda Afğoniston ham mavjud.
Oxirgi örinni Eritreya egalladi. Bu mamlakat uzoq yillardan buyon eng kam farovon davlatlar qatoridan örin olib kelmoqda. Uning eng yaxşi natijasi 2023-yilda qayd etilgan bölib, öşanda 156-örinni egallagan. Şuningdek, Niger va Çad ham reytingning eng quyi poğonalarida joylaşgan.

Rossiya reytingda 103-örinni egallab, Turkiya va Tanzaniya örtasidan joy olgan. Mamlakatning eng yaxşi natijasi 2018-yilda kuzatilgan bölib, öşanda u 82-öringa kötarilgan.
Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yuqori körsatkiç Estoniyaga tegişli bölib, u 19-örinni qayd etgan. Litva 25-örin, Latviya 30-örin, Gurjiston 42-örin va Armaniston 43-örindan joy olgan. Qozoğiston 66-örinni egallagan bölsa, Ozarboyjon 105-örinda, Belarus esa 132-poğonadan örin olgan.









