«Dunyo» xabariga köra, maqolada Özbekiston BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Suv va soğliqni saqlaş muammolari böyiça protokoliga qöşilgan dunyodagi yigirma töqqizinçi va Markaziy Osiyodagi birinçi davlatga aylangani qayd etildi.
Protokolga qöşiliş Özbekistonning ösib borayotgan aholisini suv bilan yuqadigan kasalliklardan himoya qiliş hamda suv ta’minoti, sanitariya, gigiyena va soğliqni saqlaş sohalaridagi harakatlarni yanada rağbatlantiriş va optimallaştiriş uçun katalizator bölib xizmat qilişi kutilmoqda.
BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijroçi kotibi Tatyana Molçan Özbekistonning suv va sanitariya böyiça inson huquqlarini himoya qilişga yordam beradigan suv va salomatlik muammolari böyiça protokolga qöşilganini olqişladi. U Markaziy Osiyoning barça mamlakatlari hamda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasiga a’zo davlatlarni suv va soğliqni saqlaş xizmatlarini iqlim özgarişiga çidamliroq qiliş uçun uşbu amaliy vositaga qöşilişga çaqirdi.
«Protokolning yangi iştirokçisi sifatida mamlakat suv, sanitariya, gigiyena va soğliqni saqlaş böyiça keng qamrovli maqsadlarni belgilaş va uşbu maqsadlarga erişişda muntazam hisobot berib boriş majburiyatini oladi. BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi protokol böyiça yuqoridagi majburiyatlarning amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaşga tayyor», - deyiladi maqolada.












