Özbekiston va Tailand ikki mamlakat örtasida vizasiz safarlar töğrisidagi bitimni imzolaşga kelişdi. Hozirgi vaqtda mazkur hujjat matni Tailand tomonidan körib çiqilmoqda, deb xabar bermoqda Özbekiston TIV.
Kelişuvga Özbekiston va Tailand taşqi işlar vazirliklari örtasidagi töğridan töğri muzokaralar davomida erişilgan.
Vazirlik qayd etişiça, may oyidan boşlab Özbekiston fuqarolarining Tailand hududiga taşrif buyurişi uçun «qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan faol diplomatik saʼy-harakatlar» amalga oşirib kelinmoqda.
TIV, şuningdek, Özbekiston fuqarolari Tailand elektron vizalarini rasmiylaştirişda duç kelayotgan muammolarni hal etiş yuzasidan ham izçil diplomatik işlar olib borilayotganini maʼlum qildi. Uşbu yönalişda Özbekistonning Tailanddagi Boş konsulxonasi Tailand TIV hamda Turizm va sport vazirligi bilan muntazam ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazmoqda.
Öz navbatida, Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Tailandning Moskva şahridagi diplomatik vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlikni amalga oşirmoqda, deyiladi xabarda.
- Bundan avvalroq, Tailanddagi The Nation naşri viza rasmiylaştirişdagi murakkabliklarni inobatga olib, Tailand Turizm va sport vazirligi Kolumbiya, Meksika va Özbekistondan keluvçi sayyohlar uçun 15 kunlik vizasiz rejimni joriy etişni rejalaştirayotgani haqida xabar tarqatgandi. Bu orqali viza rasmiylaştirişdagi jiddiy keçikişlarni bartaraf etiş va uzoq masofalardan keladigan sayyohlar oqimini oşiriş közda tutilgan.
- Eslatib ötamiz, şu yil sentabr oyida Tailand 93 ta davlat, jumladan, Özbekiston fuqarolari uçun 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilgandi. Mamlakatga turistik safar qiliş uçun Özbekiston fuqarolari oldindan viza rasmiylaştirişi kerak. Viza yiğimini tölaş uçun esa Tailandning Moskvadagi elçixonasiga murojaat qiliş talab etiladi.

















