Odam savdosi jinoyati böyiça ayblanib, qidiruvda bölgan ayol Istanbul şahrida uşlandi. Bu haqda Bu haqda Istanbul şahridagi Boş konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Turkiya politsiyasi va Özbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti qidiruv boşqarmasi hamkorligida Istanbul şahrida navbatdagi tezkor tadbir ötkazilgan. Unda jinoyat olamida “Monya” laqabi bilan tanilgan 23 yoşli Munisaxon Alijonova qölga olingan.
Munisaxon Alijonova odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2023 yildan buyon IIV tomonidan qidiruvda bölgan.
Uşbu şaxsning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasiga yoki Özbekiston Içki işlar vazirligiga murojaat qiliş söralmoqda.
Avvalroq, odam savdosida ayblanib, qidiruvda bölgan ikki ayol, şuningdek, «Fahş baronessasi» va «Madam Klod» laqabi bilan tanilgan özbekistonlik Nilufar Mirxonova Turkiyada uşlanib, Özbekistonga deportatsiya qilingan edi.












