Norvegiya sudi 2011 yilda 77 kişini öldirganlikda ayblanib, 21 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan neonatsist Andres Breyvikning qamoqxonadagi «ğayriinsoniy» şaroitlardan şikoyat qilgan da’vosini rad etdi.
45 yoşli Breyvik hukm çiqarilganidan beri qattiq tartibli qamoqxonalarda boşqa mahbuslardan alohida saqlanmoqda. Da’vo arizasida bunday şartlar uning huquqlarini buzayotgani ta’kidlangan edi.
U sudga ariza berib, uzoq vaqt izolyatsiya qilinişi «Inson huquqlari töğrisida»gi Yevropa konvensiyasining ğayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvçi muomalani taqiqlovçi 3-moddasi buzilişi ekanini da’vo qildi.
Sud mahkamasida u depressiyadan aziyat çekayotganini va antidepressant dorilarga qaram bölib qolganini aytdi. U rasmiylarni «öz joniga qasd qilişga undaşda» aybladi.
Sud Breyvikning boşqalar uçun xavfli ekanini inobatga olib, uning qattiq tartibli, ammo qulay şart-şaroitlarda yaşayotganini adolatli deb topdi.
«Breyvik qamoqxonada yaxşi şaroitga ega va kundalik hayotda nisbatan erkinroqdir», dedi sudya Birgitte Kolrud.
Qayd qilinişiça, Breyvikning qamoqxonada uçta alohida xonasi bor: yotoqxona, kabinet va kiçik sport zali. Şuningdek, u umumiy joylardan - oşxona, mehmonxona va uçraşuv xonasidan foydalanişi mumkin. Uning kamerasida televizor, Xbox öyin konsoli va uçta tötiquş bor.
2011 yil 22 iyulida Breyvik Oslodagi hukumat idoralari oldida bombani portlatib, sakkiz kişini öldirgan. Söngra Utoya orolidagi yozgi lagerda yana 69 kişini, asosan ösmirlarni otib taşlagan.
2012 yilda u Norvegiyadagi eng oliy jazo - 21 yillik qamoqqa hukm qilindi. Agar Breyvik xavfli deb topilsa, bu muddat uzaytirilişi mumkin.












