«Dunyo» xabariga köra, 650 dan ortiq kişi iştirok etgan tadbir Ispaniyaning yetakçi World2Meet turoperatori tomonidan NewBlue va Kannak sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Charter reyslari Madridni Urganç va Toşkent aeroportlari bilan boğlaydi va World2Meet turoperatoriga tegişli World2Fly aviakompaniyasining Airbus 330-300 samolyotlarida amalga oşiriladi.
Parvozlar ikki bosqiçda - 8 maydan 12 iyungaça va 4 sentabrdan 30 oktyabrgaça taşkil etiladi.
Kannak sayyohlik kompaniyasi direktori Karlos Florido mazkur charter reyslar doirasida Özbekistonga sayyohlik yönalişini işlab çiqqanini bildirdi. Uning aytişiça, uşbu yönalişning öziga xosligi şundaki, tur Urgançda boşlanib, Toşkentda tugaydi yoki aksinça.
Bir hafta davomida uşbu yönaliş Özbekistonning Xiva, Buxoro, Samarqand va Toşkent şaharlari böylab ming kilometrga yaqin masofani bosib ötadi. Respublika böylab sayohat avtobuslarda amalga oşiriladi.












