«Dunyo» xabariga köra, maqolada Özbekiston–Xitoy hamkorligining zamonaviy bosqiçi 1992 yil 2 yanvarda, Özbekiston mustaqillikka erişgaç, xalqaro hamjamiyatning töla huquqli a’zosi sifatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar örnatgan onlardan boşlangani ta’kidlangan.
«Bugungi kunda Xitoy Özbekistonning eng yirik iqtisodiy va savdo şerigi hisoblanadi. 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 12,2 milliard dollarni taşkil etib, ötgan yilgi körsatkiçdan 34 foizga oşdi», - ma’lum qilingan manbada.
Belgiya OAVda qayd etilişiça, Xitoy Özbekistondagi eng yirik sarmoyadorlardan biridir. 2017-2022 yillarda Xitoy sarmoyalarining özlaştirilgan umumiy hajmi salkam 11 milliard dollarga teng böldi.
«Töğridan töğri Xitoy sarmoyalari bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining köplab tarmoqlarida, jumladan, kimyo sanoati, neft-gaz sektori, quriliş materiallari işlab çiqariş, farmatsevtika, qişloq xöjaligi, yengil sanoat va boşqa sohalarda faoliyat yuritmoqda. Özbekistonda yirik sarmoyaviy va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişda iştirok etayotgan Xitoy kompaniyalari soni muttasil ortib boryapti», - deb yozgan The Brussels Times.











