Jizzax viloyati, Yangiobod tumani hokimining sobiq örinbosari Q.R. va uning jinoiy şerigi sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilindi va jarimaga tortildi.
Qayd qilinişiça, 2023 yil may oyida Jizzax viloyatidagi quriliş firmasi rahbari bölib işlovçi Q.M. va Yangiobod tumani hokimi örinbosari Q.R. oldindan özaro jinoiy til biriktirib, boşqa korxona rahbariga 200 gektar qişloq xöjaligiga möljallangan yerni auksion orqali olib berişni va’da qiladi. Evaziga undan 200 ming AQŞ dollarini talab qiladi.
2023 yil 18 iyun kuni Q.M. Jizzax şahrida joylaşgan restoranda kelişilgan summaning yarmi, ya’ni 100 ming dollarni olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Şuningdek, jinoyatni töliq foş etiş maqsadida, dastlabki körsatmalar hamda mavjud dalillarga asoslanib, uning Yangiobod tumani hokimligida mas’ul lavozimda işlovçi tanişi ham qölga olingan.
Jinoyat işlari böyiça Yangiobod tuman sudi mazkur jinoyat işini mazmunan körib çiqib, Q.M.ga BHM 400 baravari (132 mln söm) miqdorida jarima va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilişi jazosini, Q.R.ga esa 3 yil muddatga davlat iştirokidagi korxona-muassasalardagi mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda BHM 400 baravari (132 mln söm) miqdorida jarima va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.












