Ukraina bilan çegarada fermerlarning qayta norozilik namoyişlaridan söng, Polşa rasmiylari qöşni davlatga insonparvarlik yordami va qurol-yaroğ yetkazilişini ta’minlaş uçun çegara ötiş joylarini «muhim infratuzilma» sifatida tasniflaş niyatida. Bu haqda 22 fevral, payşanba kuni Polşa boş vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.
«Harbiy yordam, asbob-uskunalar, öq-dorilar, gumanitar va tibbiy yordam Ukraina tomoniga heç qanday keçikişlarsiz yetib borişiga 100 foiz kafolat beriş uçun biz Ukraina bilan çegara ötiş punktlarini muhim infratuzilma obektlari qatoriga qöşamiz», — deya Tusk sözlarini keltirgan AFP.
Çegara ötiş joylariga öxşaş maqom beriş «boşqa turdagi institutsional rejim» ga olib keladi, dedi Tusk, u çegarada fermerlarning norozilik namoyişlariga hali ham ruxsat beriladimi yoki yöqmi, bunga aniqlik kiritmadi. Tuskning qöşimça qilişiça, «muhim infratuzilma» Ukrainaga olib boradigan yöl va temiryöl uçastkalarini ham öz içiga oladi.
Polşa va Ukraina hukumatlari örtasida polşalik fermerlarning çegaradagi norozilik namoyişlari böyiça muzokaralar 28 martga rejalaştirilgan va şu vaqtgaça bu boradagi muhokamalar vazirlar darajasida davom etadi, dedi Tusk.
Polşa fermerlarining norozilik namoyişlari
20 fevraldan boşlab polşalik fermerlar Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlari importiga qarşi namoyişlarini kengaytirib, nafaqat çegara ötkaziş punktlarini, balki milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega bölgan ayrim yöllarni ham tösib qöyişni boşladi. Fermerlar, boşqa narsalar qatorida, soliqlarni oşiriş, subsidiyalarni qisqartiriş, şuningdek, Yevropa komissiyasining Rossiya hujumi munosabati bilan Ukraina ğallasining savdo taqiqini bekor qiliş qaroriga qarşi.
Namoyişçilar Ukraina bilan çegaradagi bir qança nazorat-ötkaziş punktlarida ham blokadalarni kuçaytirdi, deya xabar beradi Ukraina davlat çegara xizmati. Xususan, boşqarma ma’lumotlariga köra, «Dorogusk-Yagodin», «Medika-Şegini», «Dolgobiçuv-Ugrinov», «Zosin-Ustilug», «Korçeva-Krakovets» va «Grebnoye-Rava-Rossiya» nazorat-ötkaziş punktlari orqali yuk maşinalarining harakati töliq yoki qisman tösib qöyilgan.
Ukraina Taşqi işlar vazirligi Polşa rasmiylarini Polşa-Ukraina çegarasida namoyişçilarning harakatlariga huquqiy baho berişga va çegara blokadasini oçişni ta’minlaşga çaqirdi.












