11-noyabr, çorşanba kuni Varşavada millatçilar va öta öng qanot kuçlari taşabbusi bilan taşkil etilgan «Mustaqillik marşi» deb ataluvçi yurişda taxminan 250 ming kişi iştirok etdi. Bu haqda Polşa poytaxti maʼmuriyati maʼlum qildi.
Taşkilotçilarning bildirişiça, yuriş qatnaşçilari soni yarim milliondan oşgan.
AFP axborot agentligi eslatişiça, Polşaning Milliy mustaqillik kuniga bağişlangan namoyiş Krakov markazida olti kişining hayotiga zomin bölgan otişmadan bir neça kun ötib taşkil etildi.
Şuningdek, tadbir boş vazir Donald Tusk hukumati va Polşa prezidenti Karol Navrotskiy tarafdorlari örtasida Konstitutsiyaviy tribunal ustidan nazorat uçun kuraş davom etayotgan bir şaroitda ötkazildi.
Şu munosabat bilan tadbir davomida xavfsizlik çoralari kuçaytirildi.
Namoyiş boşlanişidan oldin Polşaning davlat madhiyasi yangradi.
AFP xabar berişiça, yiğilganlarning ayrimlari qöllarida maşʼallar uşlab turgan. Ulardan kötarilgan quyuq tutun yuriş iştirokçilarini qoplab olgan.
Köpçilik Polşa davlat bayroği ranglariga mos qizil va oq liboslarda kelgan. Namoyişçilar milliy bayroqlarni hilpiratib yurişgan.
Öng ekstremistik ramzlar
Jurnalistlarning qayd etişiça, Madaniyat va fan saroyi yaqinida «Mustaqillik şaharçasi» deb atalgan hududning çodirlari va stendlari örnatilgan.
U yerda taşrif buyuruvçilarga ibodat kitoblari, qizil-oq gulçambarlar, issiq çoy va tuzlangan karam tarqatilgan.
Bundan taşqari, hududda «antisemitik va Ukrainaga qarşi mazmundagi kitoblar hamda öng ekstremistik ramzlar tuşirilgan buyumlar» ham tarqatilgan.
AFP muxbirlarining kuzatişiça, ayrim iştirokçilar turli şiorlar yozilgan plakatlarni kötarib kelişgan.
Ular orasida quyidagi şiorlar ham bölgan:
- Make Europe white again - «Yevropani yana oq tanlilar qitʼasiga aylantiramiz». Bu şior AQŞ prezidenti Donald Tramp tarafdorlarining Make America Great Again - «Amerikani yana buyuk qilamiz» şioriga öxşatib yaratilgan.













