Hozirgi 30 yoşgaça bölgan xodimlarning iş tanlaş va işlaş qadriyatlari özlaridan katta avlodnikidan farq qiladi. Ayni paytda eng yoş işçi kuçi zumerlar (1990 yillar oxiri va 2010 yillargaça bölgan davrda tuğilganlar) hisoblanadi.

Ularga iş tanlaşda eng muhimi yaxşi maoş va karerada ösişga şaroit bölişi kerakligidir. Boşqa ma’naviy qadriyatlar zumerlarga unçalik qiziq emas.

2023 yilda AQŞda ötkazilgan tadqiqotga köra, 30 yoşdan kiçik doimiy iş örniga ega xodimlarning atigi 44 foizi öz iş joyidan juda mamnun. 65 va undan katta xodimlarning esa 67 foizi öz işidan mamnun. Sönggi yillarda yoş va keksa xodimlar qaraşlari örtasidagi tafovut kattalaşmoqda.

Oldingi ajdodlariga qaraganda zumerlarning işga nisbatan prioritetlari farq qiladi. Hozirgi yoşlar maoş va işdagi ösişni birinçi öringa qöyişsa, kattalar işdan zavq oliş kerakligiga e’tibor qaratişadi.

Nega qaraşlar farq qiladi?

"Ötmişda odamlar agar bir işda 20 yil işlaşsa, yaxşi iş, karerada ösiş va yaxşigina nafaqaga ega bölişgan. Bunday narsa hozir yöq", deydi Janubiy kaliforniyalik 25 yoşli Kimi Kaneşina.

Germaniyaning Bremen universiteti professori Julia Kensbokning ta’kidlaşiça, avlodlar örtasidagi özgarişlarga qaramay özgarmay qoladigan haqiqat bor: inson qadrlaydigan narsalar vaqt ötişi bilan özgarib boradi.

"Biz yoş paytda uzoq muddatli kelajak haqida qayğuramiz. Yoşimiz kattalaşgani sari bizni ijobiy kayfiyatda saqlaydigan va ruhan soğlom bölişimizga yordam beradigan qisqa muddatli maqsadlarga e’tibor qaratamiz. Şuningdek, öz jamiyatimiz yoki işxonamiz uçun ham nimadir hissa qöşgimiz kelib qoladi", deydi u.

2023 yil iyul oyida ötkazilgan tadqiqot uning sözlariga hamohang keladi. Yoşi 62 dan oşganlar özlarining işi qiziq bölişi kerakligi muhimligini aytsa, 18-25 yoşlilar yaxşi maoş va örganiş, ösiş imkoni bölişini zarur deb topgan. Töğri, hamma uçun yaxşi maoşli iş muhim, lekin yoş ötgani sari oylik qançaligining ahamiyati pasayib boradi.

Kensbokning örganişiça, yoş xodimlarning işdan köngillari tölişi ham natijaga boğliq. Agar ular yetarliça mukofotlanmasa, topayotgan moliyaviy foydasi qilayotgan mehnatiga mutanosib bölmasa, demak, bunday işdan köngillari tölmaydi. Lekin katta yoşli xodimlarning işdan köngli tölişi ularning ruhiy holatiga köproq boğliq.

Lekin bunday farq borligi turli avlodlarning har xilligida emas, balki ularning örtasidagi yoş tafovuti bilan köproq boğliq.

Ilgarilari agar inson bitta joyda uzoq vaqt işlasa, uni, albatta, buning uçun mukofotlaşadi degan qaraş bölgan. Bunga erişiş uçun esa bir joyda işga boşi bilan şönğib ketiş kerak edi. Lekin hozir bu qaraş özgardi. Masofaviy iş, pandemiya davridagi işdan böşatişlar bu qaraşlarni özgartirdi. Iş beruvçilar ham özlarining sodiq xodimlariga yangi kelganlardan köra 7 foiz kamroq maoş tölagan holatlar kuzatildi va bu köp yillik xodimlarga nisbatan xiyonatdek gap edi.

"Hozir iş beruvçilarga nisbatan işonçsizlik bor. Iş beruvçilar bizga uzoq muddatda qandaydir yordam berişiga işonmaymiz, şuning uçun özimizni köproq himoya qilişimiz kerak", deydi Kaneşina.

Xalqaro CFA instituti 2021 yilda 15 ming nafar oliy ta’limni bitirganiga unça köp bölmagan odamlar örtasida sörovnoma ötkazadi. Unda qatnaşgan 18-25 yoşlilarning 45 foizi yaxşi maoş kasb tanlaşda asosiy talab ekanini bildirgan. 2023 yilda maoşni muhim deb biluvçilar körsatkiçi 45 foizdan 62 foizga ösadi.

Nega zumerlar moddiyatga öç?

Zumerlarning bu qadar talabçanligiga narx-navolarning qimmatligi ham sabab. Zumerlarning iş boşlaşi uy-joy, öqiş va oziq-ovqat kabi birlamçi zaruratlarning narx-navosi baland paytga töğri keldi. Köpçilik uçun bu vaziyatda yaxşi maoşgina xarajatlarni qoplaş imkonini berişi mumkin. Ötgan yil zumerlar uçun ötkazilgan sörovda ularning 54 foizi pulsiz qolib ketişdan qattiq qörqişlarini bildirgan.

Ularning pul haqida köproq öylaşlari oçközlikdan emas, balki zaruratga pullari bölişini istaşini anglatadi.

Bundan taşqari, zumerlarda özlarining sohasi va mehnat bozori haqida ma’lumot olişga çeklanmagan darajada "dostup" bor. Internet paydo bölişidan oldin xodimlar soha haqida faqatgina işning özida örganişlari mumkin edi. Hozir esa TikTok, YouTube, LinkedIn kabi platformalarda influenserlar intervyu jarayoni, maoşni muhokama qiliş, iş faoliyatini baholaş kabi ma’lumotlarni öz kuzatuvçilariga taqdim qilişadi. Bunday odamlarni tomoşa qiliş bilan ham kerakli ma’lumotga ega böliş, ham bilimli odamlarga qarab özlariga bölgan işonçni oşiriş mumkin.

2023 yilda ötkazilgan sörovnomalardan birida zumerlarning 83 foizi özlarining “işdan işga sakrovçilar” ekanini aytişgan. Ya’ni ular – öz işlarini tez-tez almaştirib turişga moyillar.

2022 yildagi sörovnomada qatnaşgan zumer avlodning deyarli yarmi ikki va undan köproq joyda işlaşini aytişgan. Köproq joyda işlaş istagining kuçliligi oldingi barça avlod vakillariga qaraganda köproq körsatkiç.

Zumerlar uçun iş bu şunçaki iş. Tadqiqotlardan birida ularning 61 foizi öz kasbini özligining bir qismi sifatida bilişi aniq bölgan. Soliştiriş uçun aytiş mumkinki, ulardan oldingilarning 86 foizi işini özligining bir qismi sifatida körişadi.

Biroq zumerlar ham özlarining nima istayotganini anglaş qobiliyatini yöqotib qöyişmagan. Ular şunçaki bor kuçini faqat bir narsaga sarflaşni xohlaşmaydi xolos.