Vengriya parlamenti mamlakat Konstitutsiyaviy sudi raisi Tamaş Şuyokni prezident lavozimiga tayinladi. U 5 martdan yangi lavozimda faoliyatini boşlaydi. 

67 yoşli Şuyok hukmron «Fides» va uning koalitsiya böyiça hamkori Xristian-demokratik xalq partiyasidan nomzod edi. U 2014 yilda Konstitutsiyaviy sud a’zosi böldi. 2016 yilda Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimiga saylandi. 

Vengriyada prezident vakolatlari qonun bilan çeklangan. Ularning bir qismidan faqat hukumat tomonidan qöllab-quvvatlansagina foydalaniş mumkin. Mamlakatda prezident parlamentdagi yaşiriş ovoz beriş yöli orqali 5 yil muddatga saylanadi. 

Avvalroq, Vengriya prezidenti Katalin Novak bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlikni yaşirganlikda ayblangan şaxsning avf etilişi bilan boğliq mojaro ortidan iste’foga çiqqan edi. U 2022 yil mart oyida prezidentlik faoliyatini boşlagan va Vengriya tarixidagi birinçi prezident ayol bölgan edi.