Quyidagilarni nazarda tutuvçi Içimlik suv ta’minoti va oqova suv çiqariş sohasida davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş töğrisidagi nizom tasdiqlanadi:

  • xususiy şeriklarni tanlaş mezonlari;
  • davlat-xususiy şeriklik loyihalari amalga oşiriladigan hududlarni aniqlaş şartlari;
  • davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş, bu borada tomonlarning manfaatlari, huquq, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilaş;
  • davlat-xususiy şeriklik loyihalari doirasida xizmat körsatiş tariflarini belgilaş va ekspluatatsiyani amalga oşiriş.

Belgilanişiça:

a) içimlik suv ta’minoti va oqova suv çiqariş sohasida davlat-xususiy şeriklik loyihalari xizmat körsatiş infratuzilmasini loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, jihozlaş, modernizatsiya qiliş, moliyalaştiriş, foydalaniş va xizmat körsatiş şakllarida amalga oşiriladi;
b) bitimning amal qiliş muddati davlat va xususiy şerik tomonidan belgilanadi. Bunda u uç yildan kam bölmasligi va 49 yildan oşmasligi kerak;
v) davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşirişda xususiy şerikka ajratilgan yer uçastkalari, sotib olingan uskunalar, şuningdek, ular tomonidan qurilgan obektlar bitimning amal qiliş muddati tugagandan söng davlat şerigiga topşiriladi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi 2024 yil 1 iyunga qadar kelgusida har yili 1 fevralga qadar:

  • içimlik suvi ta’minoti taşkilotlari faoliyati samaradorligining asosiy mezonlarini belgilaş va baholaş orqali samarasiz faoliyat körsatayotgan taşkilotlarni davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida boşqariş takliflarini;
  • içimlik suv ta’minoti va oqova suv çiqariş xizmatlari joriy etilmagan hududlarda davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida xizmat körsatiş takliflarini ommaviy axborot vositalarida va özining rasmiy veb-saytida joylaştiradi.