Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Çirçiq şahridagi maktab direktorlari bilan uçraşuvda öqituvçilari va öquvçilari dars paytida telefon işlatişdan voz keçgan maktabga 300 million söm pul mukofoti berişini ma’lum qildi. Viloyat rahbari şu maqsadda «Telefonsiz maktab» taşabbusini ilgari surgan. 

«Telefonsiz maktab» degan taşabbusni amalga oşirgan maktabga 300 million söm pul beraman. Gap-sözsiz. Men pul beraman, şu işni qilganlarni rağbatlantirmoqçiman», dedi Zoir Mirzayev va maktab jamoasi bu pulni yutsa, qanday sarflaş öz ixtiyorida ekanini qöşimça qildi. 

Zoir Mirzayev tadbir davomida maktab öquvçilarining oliy öquv yurtlariga kiriş körsatkiçlari yuqori bölgan Nurafşon, Angren va Ohangaron tumani xalq ta’limi bölim mudirlariga 12 million sömdan mukofot puli bergan.