Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinlaşib kelayotgan saylov oldidan Rossiya Federatsiya kengaşi va umuman rossiyaliklarga murojaat qildi. Putin uruşni Rossiya boşlamagani va uni tugatişi haqida nazariyalarini takrorlab, mamlakat iqtisodiyoti ösib borayotganini aytdi. Quyida Putinning gaplaridan asosiylari keltiriladi.

«Yadro quroli şay holatda»

Rossiya prezidenti kutilganidek öz sözini mamlakat harbiy qudrati va yadro quroli bilan maqtaniş boşladi. Putinga köra, Rossiya strategik yadro kuçlari töliq jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilgan. 2018 yilda aytilgan qurollaniş borasidagi barça va’dalar esa bajarilgan.

Rossiya prezidenti «Kinjal» gipertovuşli raketalari nafaqat Rossiya qurolli kuçlari arsenaliga kiritilgani, balki Ukrainadagi uruşda muhim obektlarga zarba beriş uçun işlatilganini aytdi. Şuningdek, ruslar dengizdan turib işlatiladigan «Tsirkon» komplekslaridan ham foydalanganini ma’lum qildi.

«Bundan taşqari, «Avangard» mintaqalararo uzoqlikdagi gipertovuşli bloki, «Peresvet» lazerli komplekslari jangovar navbatçilikda turibdi. Çeklanmagan uzoqlikka uça oladigan «Burevestnik» qanotli raketasi va «Poseydon» suvosti qurilmasi sinovlari ham oxirgi bosqiçga kirgan», dedi Putin.

Rossiya prezidenti «Sarmat» raketasining qudratini ham körsatişga va’da berdi. Bunday raketalar yadro kallaklarini olib uçişga möljallangani ma’lum.

«Koinotga yadro qurol olib çiqişimiz va Yevropaga hujum qilişimiz – yolğon»

Putin Rossiya kosmosga yadro qurolini joylaştiriş haqidagi gaplar şunçaki safsata va haqiqatga töğri kelmasligini aytdi. Putinga köra, bunday gaplar AQŞga keyinçalik öziga qulay bölgan şartlarda muzokara ötkaziş uçun kerak.

Şuningdek. Rossiya prezidenti mamlakatda Yevropaga hujum qiliş rejasi yöqligi, bu haqdagi gaplarning barçasi uydirma ekanini aytdi. Putin Ukraina va Yaqin Şarqdagi uruşlarni Ğarb boşlaganini iddao qildi.

«Va endi bizning hududimizga zarba beriş uçun qulay nuqta tanlaşmoqda. Ularning fikriça, eng samarali yöl NATO kontingentini Ukrainaga yuboriş. Hududimizga qöşinlarini yuborganlarning taqdiri nima keçganini bilamiz. Hozir esa bu işni qiladiganlarni yanada oğirroq taqdir kutmoqda. Bu gapni aytayotganlar bizda ham ularning hududigaça yetib boradigan qurol borligini unutmasligi kerak.

Ular butun dunyoni yadro töqnaşuvi xavfi yuqori ekani bilan qörqitmoqçi. Bu tamaddunning yöq bölişiga olib kelişini tuşuniş zarur. Şvetsiya va Finlandiya NATOga olib kirilganidan keyin ğarbiy yönalişdagi qöşinlarni kuçaytiriş kerak», dedi u.

Yana köproq tuğişga çaqiriq

Rossiya prezidenti rossiyaliklarni navbatdagi marta köproq tuğişga undadi. Putin «Oila» milliy dasturini e’lon qildi. Unga köra, 6 yoşgaça farzandi bölgan oilalar uçun 6 foizlik ipoteka kreditlari beriş muddati uzaytiriladi. Şuningdek, uçinçi farzandi tuğilgan oilaning 450 ming rubllik krediti qoplanişi dasturi ham davom ettiriladi. Demografik qiyinçiliklar uçrayotgan rus oilalarga yordam uçun esa qöşimça 75 milliard rubl ajratiladi. «Köp farzandlilik odatiy hayot tarziga aylanişi kerak», dedi Putin yana bir marta.

Rossiya prezidenti rossiyaliklar alkogol içimliklar iste’molini kamaytirganini ham aytdi va bunga heç qanday ekstremizmsiz erişişganini ta’kidlab, maqtandi. Putin Rossiyadagi barça maktab direktorlarining tarbiya böyiça örinbosarlari maoşi oyiga 5 ming rubldan oşirilişini e’lon qildi. 100 mingdan kam odam yaşaydigan hududlardagi sinf rahbarlari maoşlarini esa ikki baravar oşirişga buyruq berdi.

Iqtisodiy holat

Putin Rossiyaning iqtisodiy ösişi dunyodagi örtaça ösişga qaraganda yuqori bölganini qayd etdi. Uning fikriça, bu oxirgi ön yilliklarda amalga oşirilgan işlar samarasidir. Putin Rossiya iqtisodiyotini Yevropadagi eng yirik va dunyoda beşinçisi deb atadi.

U rossiyalik tadbirkorlarga yana bir marta mamlakat içida biznes qilişga çaqirdi. Şuningdek, ğarb davlatlaridan nimanidir olib keliş haqida öylayotgan tadbirkorlar bilan uçraşişini qöşimça qildi. U soliq tölaşda optimizatsiya sxemalaridan foydalanişga «majbur bölgan» tadbirkorlar uçun amnistiya dasturi işlab çiqişga körsatma berdi.

Rossiya regionlari budjet kreditlarining esa uçdan ikki qismidan voz keçişga topşiriq berdi. «Daromadi katta fuqarolar uçun esa soliq yuklamasini oşiriş haqida öylab köriş kerak», deb qöşimça qildi u.

«Biz katta oilamiz. Orzu qilgan va rejalaştirgan barça maqsadlarimizga erişamiz. Ğalabamiz va Rossiya kelajagiga işonaman», deya öz sözini yakunladi Putin ikki soatlik murojaatini.